Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

«MEHNAT YARMARKASI»DA: AYOLLAR VA YOSHLARGA E'TIBOR QARATILDI

×

 2020-10-09 21:22:04    112

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tuman prokurori, 2-sektor rahbari M.Shomurodovning tashabbusi bilan barcha sektor rahbarlari va tuman hokimi I.Novikov ishtirokida sektor hududida navbatdagi "Bo’sh ish o’rinlari" mehnat yarmarkasi o’tkazildi.

Mehnat yarmarkasida sektor rahbarlari bilan birga tuman mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limining mas'ul rahbarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’inlari xodimlari qatnashdilar.     Mehnat yarmarkasida tumandagi 188 ta korxona va muassasalar hamda tadbirkorlik sub'yektlari 918 ta bo’sh ish o’rinlari bilan qatnashdi.

Yarmarkada asosiy e'tibor ishsiz yoshlar, xotin-qizlar va maktab bitiruvchilarining bandligini ta'minlashga qaratildi.

Yarmarkada katnashgan 509 nafar ishsiz fuqarolardan 127 nafari doimiy ishga joylashtirilib, bandligi ta'minlandi.

Shundan, 57 nafari ayollarni, 56 nafari yoshlarni va 14 nafari maktab bitiruvchilarini tashkil etadi.

Qo’shtepa tuman 2-sektor shtabi.