Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPADA ANTISEPTIK VOSITALAR ISHLAB CHIQARILMOQDA

×

 2020-10-07 19:25:26    130

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanidagi "Olimjon Farm Medikal" mas'uliyati cheklangan jamiyat tomonidan umumiy qiymati 3,2 mlrd. so’mga teng “Tibbiy antiseptik  vositalar” loyihasi amalga oshirilgan.

Xozirda bir kunlik 5,0 tonna xom-ashyoni qayta ishlash quvvatiga ega loyiha to’liq ishga tushirilib, koronavirus pandemiyasi davrida talab ortgan antiseptika vositalarini tayyorlash yo’lga qo’yildi.

Tayyor mahsulotlar 20 ming dona maxsus idishlarga qadoqlanib, tashkilot va korxonalarga yetkazib berilmoqda. Ishga tushirilgan ushbu loyiha tufayli 36 ta yangi ish o’rinlari yaratilib, xozirgi pandemiya davrida ishsiz fuqarolarning bandligi ta'minlandi.

Kelgusida jamiyat tomonidan mahsulotlarni diversifikatsiyalash evaziga spirtli eritmalar va tabiiy giyohlardan damlamalar tayyorlash rejalashtirilgan.

Tuman hokimi I.Novikov, tuman IIB boshlig’i S.Abdullayev hamda tuman hokimining o’rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo bo’limi boshlig’i X.Axmedovlar "Olimjon Farm Medikal" mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo’lib, ishlab chiqarish jarayoni va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar hamda ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 

Qo’shtepa tuman 1-sektor shtabi.