Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ BILAN MULOQOT: TUMAN PROKURORI SAYYOR QABULDA

×

 2020-10-07 16:54:28    129

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tuman prokurori, 2-sektor rahbari M.Shomurodov tomonidan sektordagi "Xumdon" mahalla fuqarolar yig’inida aholini qiynab kelayotgan muammolarini joyiga chiqqan holda o’rganish maqsadida, tegishli tashkilot rahbarlari bilan birga navbatdagi sayyor qabul o’tkazildi.

Sayyor qabulda 11 nafar fuqarodan 9 ta muammo va takliflar kelib tushdi. Shundan, 2 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal etilib, qanoatlantirildi. 3 nafar fuqaroning murojaatiga tegishli tashkilot rahbarlari tomonidan tushuntirish berildi. Qolgan 4 nafar fuqarodan sektor rahbari nomiga ariza olinib, qisqa muddatda hal qilish uchun tegishli tashkilotlarga nazoratga olib yuborildi.

Shuningdek, sayyor qabul so’ngida viloyat prokuraturasining bo’lim boshlig’i S.Axmadjonov bilan shu mahalladagi 3-sonli umumta'lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik xolati ham o’rganildi.

Qo’shtepa tuman 2-sektor shtabi.