Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOZORDAGI NARX-NAVO DOIMIY NAZORATDA

×

 2020-10-04 14:47:22    92

PDF yuklash
Chop etish


Barcha joylarda bo’lgani kabi Qo’shtepa tumanida ham karantin davrida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta'minlash bilan bir qatorda bozorlarimizda narx-navo barqarorligini saqlash, ularning sun'iy o’sishiga yo’l qo’ymaslik doimiy diqqat-e'tiborda bo’lib turibdi.

Bugun tuman hokimi I.Novikov, tuman IIB boshlig’i S.Abdullayev va sektor rahbarlari tumandagi “Dehqon bozori” mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo’lib, u yerdagi narx-navo, sotuvchi va xaridorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Bundan tashqari, sotuvchi va xaridorlar bilan karantin qoidalariga qat'iy rioya qilish, fuqarolar o’rtasidagi oraliq masofani saqlash, savdo madaniyatiga amal qilish yuzasidan muloqot qilindi.

Shuningdek, bozor ma'muriyati va sotuvchilarga narx-navoning sun'iy tarzda oshishiga yo’l qo’ymaslik yuzasidan topshiriqlar berildi.

Darhaqiqat, karantin davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash va narxni barqaror ushlab turish tuman hokimligining doimiy nazoratiga olingan.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.