Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo’shtepada tashkil etilgan «Mehnat yarmarkasi»da 21 kishi ish bilan ta'minlandi

×

 2020-09-29 17:10:21    139

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanida 29 centyabr kuni bo’sh ish o’rinlari “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Mazkur bo’sh ish o’rinlari «Mehnat yarmarkasi» tuman hokimi I.Novikovning tashabbusi bilan 1-sektor hududidagi tuman Madaniyat bo’limi binosi oldida bo’lib o’tdi.

Mehnat yarmarkasida tumanda faoliyat olib borayotgan 50 ta korxona va tashkilotlar o’zlaridagi mavjud bo’lgan jami 242 ta bo’sh ish o’rinlari bilan qatnashdilar.

Mehnat yarmarkasiga tumandagi ishsiz xotin-qizlar, ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlari taklif etildi. Shundan 101 nafarini yoshlar, 132 nafarini xotin-qizlar tashkil etdi.

O’tkazilgan mehnat yarmarkasi natijalariga ko’ra, 21 nafar fuqarolar tumandagi mavjud bo’sh ish o’rinlariga shu kunning o’zidayoq ishga joylashtirildi. Ishga joylashganlarning 10 nafarini yoshlar tashkil etdi.

Shuningdek, mehnat yarmarkasi davomida 9 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligi, mehnat muhofazasi va boshqa masalalar yuzasidan kerakli maslaxatlar ham berildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati