Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

«Paxta-2020»: QO’SHTEPADA TERIM AVJIDA

×

 2020-09-28 17:51:43    112

PDF yuklash
Chop etish


Bugun qay bir mahallaga bormang, “oq oltin”ni o’z vaqtida nest-nobud qilmasdan terib olishga o’z xissasini qo’shmoqchi bo’lgan terimchilarni dala maydonlari tomon otlanayotganiga guvoh bo’lasiz.

Ayni kunlarda Qo’shtepa tumanida ham paxta yig’im-terim ishlari avjida. Tumandagi barcha fermer xo’jaliklarida mashaqqatli mehnatlar evaziga yetishtirilgan  paxta hosilini yig’ishtirib olish ishlari qizg’in davom etmoqda. Chunki, dalalarda dehqonning peshona teri, qalb qo’ri bilan yetishtirilgan hosilni yog’in-sochinli kunlarga qoldirmay, nest-nobud qilmasdan yig’ib-terib olish darkor. Shu bois, tumandagi barcha fermer-u dehqonlarning diqqat-e'tibori hosilni barvaqt yig’ishtirib olishga qaratilgan.

Bugun tuman hokimi o’rinbosari - mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Z.Kamilov hamda mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limining xotin-qizlar masalalari bo’yicha o’rinbosari B.Mo’minovalar Loyson mahalla fuqarolar yig’inidagi “Jasur-Javohir-Mohichehra”, Garimdon mahalla fuqarolar yig’inidagi “Feruzbek nurli kelajak” fermer xo’jaliklarida bo’lishib, paxta yig’im-terimi jarayonida amalga oshirilayotgan ishlar hamda terimchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati