Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 96 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Yoshlar ishlari agentligi Qo’shtepa tumani bo’limiga rahbar tayinlandi

×

 2020-09-25 15:07:18    204

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig’i M.G’aniyevlar ishtirokida Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan yoshlarga oid yagona davlat siyosatini olib boruvchi davlat boshqaruv organi maqomiga ega bo’lgan yangi tashkilot - Yoshlar ishlari agentligining tashkiliy yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig’i M.G’aniyev so’zga chiqib agentlikning vazifalari to’g’risida tushuncha berdi. Boshqarma boshlig’i agentlikning tuman bo’limiga yoshlar ittifoqi tuman kengashiga rais bo’lgan Abdumalikov Abdulqosim Abidovich munosib topilganini yig’ilganlarga ma'lum qilib, agentlikning tuman rahbari ishlariga omad tiladi.

O’z o’rnida, tuman hokimi I.Novikov ham tuman hokimligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar, tuman faollari bilan hamkorlikda mazkur yangi tashkilotni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, hamkorlikda ish yuritib, bu orqali agentlikning o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarini ro’yobga chiqarishda yaqindan ko’maklashish haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirib, yangi tashkilot rahbariga “Neksiya-3” xizmat mashinasining kalitini topshirdi.

Tadbir davomida “Oydin” gazetasi muharriri X.Karimova so’z olib, viloyat hokimi Shuhrat Madaminovich G’aniyevning tashabbusi va Qo’shtepa tuman hokimi I.Novikovning sa'y-harakati bilan tuman XTB, O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi tuman Kengashi, “Istiqbol yo’li” gazetasi qoshidagi “G’uncha” adabiy to’garagi hamkorligida yosh ijodkorlarning “Qo’shtepa ilhomlari” she'riy to’plami, shoira Farida Yunusovaning “Baxt sog’inchi”, Malika G’ofurovaning “Sog’inchginam”, Shohsanam Omonovaning “Men mehrda yashayman”, Adiba Rahmatjonovaning “Hayrat” kitoblari chop etilganin i aytdi. X.Karimova o’z so’zida Qo’shtepalik yosh qalamkashlarning ijodlariga to’xtalib, ularning kelgusidagi ijodlariga omad tiladi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati