Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Pul mablag’lari o’z egalariga yetkazib berilmoqda

×

 2020-09-15 23:24:58    142

PDF yuklash
Chop etish


Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 26 avgustdagi “Aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, Qo’shtepa tumanida kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga keng ko’lamli ijtimoiy yordam ko’rsatilmoqda.

Muhtoj oilalar bolalarini qishki kiyim-bosh to’plamlari, maktab formasi va o’quv qurollari bilan ta'minlash maqsadida, joriy yilning sentyabr oyida “temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 16 yoshga to’lmagan bolalariga, boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 16 yoshga to’lmagan bolalariga, nogironligi bo’lgan bolalarga bir martalik 500 ming so’mdan moddiy yordam ko’rsatish belgilangan.

Bugun tumanimizdagi 4 ta sektor shtablari "Temir daftari"ga kiritilgan oilalarning 16 yoshga to’lmagan har bir farzadlari uchun 500 ming so’mdan bir martalik moddiy yordam pullari tarqatildi.

Xususan, tuman hokimi I.Novikov rahbarligidagi 1-sektor hududidagi Qiyqi, Karnaychi, Sohibkor hamda Soy bo’yi mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qiluvchi 79 ta oilalarning 159 nafari uchun 79 mln 500 ming so’m bir martalik moddiy yordam pullari tarqatildi. 1-sektor hududida istiqomat qiluvchi kam ta'minlangan oilalar farzandlari bugun ushbu pul mablag’larini qabul qilib oldilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati