Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo’shtepada ijtimoiy himoya: 1-sektorda "Temir daftar"ga kiritilgan oilalarga issiqxona qurilmoqda

×

 2020-09-14 20:03:38    118

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanida "Temir daftar"ga kiritilgan oilalarni qo’llab-quvvatlash, ularning bandligini ta'minlash, daromad topishlariga ko’maklashish, yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, pandemiya davrida kam ta'minlangan oilalar holidan xabar olinib, ularga moddiy yordamlar ko’rsatilmoqda. Ko’plab oilalarga imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. Ayniqsa, ularning bandligini ta'minlashga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.V.Novikovning  tashabbusi bilan sektor shtabi "Temir daftari"ga kiritilgan xonadonlarga tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazi tomonidan subsidiya asosida 1 sotixli issiqxonalar qurib berildi.

"Temir daftari"ga kiritilgan oilalarning ahvoli o’rganilib, Namuna mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi Sh.Bo’ronov va X.Umarova, Karnaychi mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi E.Shomirov, Qayrag’och mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi M.Boltaboyeva hamda M.Xusanov, G’ishtmon mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi O’.Ibragimova, Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi O.Soliyevlarning xonadoniga subsidiya asosida 1 sotixli ixcham issiqxonalar qurilib, ularning bandligi ta'minlandi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati