Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

«Paxta-2020»: QO’SHTEPADA TERIM AVJIDA

×

 2020-09-11 16:22:56    115

PDF yuklash
Chop etish


Diyorimizda oltin kuz fasli boshlandi. Azal - azaldan ushbu davr pishiqchilik, mo’l hosilni yig’ish va sarflangan mehnat samarasini ko’rish mavsumi hisoblanadi. Ushbu faslda rizqu-ro’zimiz va oq oltinimiz bo’lgan paxta hosilini terish ishlariga kirishiladi. Yil bo’yi fermer va dexqonlarning tinimsiz mehnatlaridan yetilgan hosilni yig’ishtiradigan payt keldi.

Bugun qay bir mahallaga bormang etakni bo’yniga ilib olib, “oq oltin”ni o’z vaqtida nest-nobud qilmasdan terib olishga xissasini qo’shmoqchi bo’lgan terimchilarni dala maydonlari tomon otlanayotganiga guvoh bo’lasiz.

Garimdon mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi "Mamatxalilov Abdubannob yeri” fermer xo’jaligi a'zolari ham tumanimizda birinchilardan bo’lib paxta hosilini yig’ib olish ishlarini boshlab yubordilar. Fermer xo’jaligi a'zolari peshona teri, qalb qo’ri bilan yetishtirilgan hosilni yog’in-sochinli kunlarga qoldirmay, nest-nobud qilmasdan yig’ib-terib olish maqsadida fidokorona mehnat qilmoqdalar. Bugun ularning diqqat-e'tibori hosilni barvaqt yig’ishtirib olishga qaratilgan.

Dalada hosilning cho’g’i balandligi uchun A.Mamatxalilova, M.Xasanova, M.Mamajonova, M.Ismoilova singari terimchi ayollar har kuni 180-200 kilogrammdan paxta termoqdalar.

Terilgan paxtalarni tarozidan o’tkazish va xirmonda quritish ishlarida I.Kazakov, K.Mamajonov, R.Mo’ydinov, A.Mamatxalilovlar jonbozlik ko’rsatmoqdalar. 

Joriy yilda fermer xo’jaligi paxtakorlari 53 gektar yerga chigit ekib, davlatga 168 tonna o’rniga 190 tonna paxta sotishga ahd qilishgan.  Sidqidildan qilingan mehnat hisobiga - bugun dalada mo’l hosil yetishtirildi.

Pandemiya sharoitida hosilni talafotsiz terib olish, ya'ni terimchilarni infeksiya yuqtirib olishdan asrash eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun fermer xo’jaligida ham karantin qoidalariga qat'iy amal qilinmoqda. Terimchilar tomonidan terilayotgan paxtalar peshma-tesh tortilib, tushlik uchun dala shiyponida bir mahal issiq ovqat tashkil etilgan.

Dalada yig’im-terim mavsumi endigina boshlanganini inobatga olsak, mo’ljaldagi yuksak xirmonni barpo etish uchun vaqt va imkoniyat yetarli. Dehqon-mirishkorlarimiz uchun esa ob-havoning iliq kelgan har bir kunidan unumli foydalanib qolish ham qarz, ham farzdir.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati