Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI QO’SHTEPA TUMANI KENGASHINING QARORI

×

 2020-09-11 14:40:50    132

PDF yuklash
Chop etish


09 sentyabr, 2020 yil                     № 100/18-6-sonli qarori

4-Qumtepa va 12-Qo’rg’oncha saylov okruglari bo’yicha bo’shab qolgan o’rinlarga Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashi deputati saylovini tayinlash to’g’risida

         O’zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunining 6, 24-moddasi, Saylov kodeksining 93-moddasi hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qaroriga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi

QAROR  QILADI:

1. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining

2020 yil 26 avgustdagi “COVID-19 pandemiyasi davrida bo’shab qolgan o’rinlarga deputatlar saylovini o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 1033-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining mazkur qarori bilan “COVID-19 pandemiyasi davrida bo’shab qolgan o’rinlarga deputatlar saylovini o’tkazish tartibi to’g’risida”gi Nizom tasdiqlanganligi inobatga olinsin.

3. Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining 2020 yil  9 sentyabrdagi “Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov o’tkazuvchi tuman saylov komissiyasi tarkibiga o’zgartirish kiritish to’g’risida”gi qarori tasdiqlanganligi ko’rsatib o’tilsin.

4. Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining “Reglament va deputatlik odobi masalalari” doimiy komissiyasi raisi Sh.Sharapovning bo’shab qolgan o’rinlarga 2020 yil 11 oktyabr Yakshanba kuni saylov o’tkazish to’g’risidagi taklifi ma'qullansin.

5. 4-Qumtepa va 12-Qo’rg’oncha saylov okruglari bo’yicha bo’shab qolgan o’rinlarga xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashi deputati saylovi 2020 yil 11 oktyabr Yakshanba kuni o’tkazilsin.

6. Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashiga saylov o’tkazuvchi tuman saylov komissiyasi (R.Tojiboyev) bo’shab qolgan o’rinlarga bo’lib o’tadigan saylovlarni O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom hamda amaldagi qonunchilik asosida adolat va shaffoflikni ta'minlagan holda tashkil etilishini ta'minlasin.

         7. Ushbu qaror Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashiga saylov o’tkazuvchi tuman saylov komissiyasiga yuborilsin.

         8. Mazkur qaror matbuotda e'lon qilinsin.


Kengash raisi,

tuman hokimi:                                                               I.Novikov