Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Kambag’allikni qisqartirish uchun amaliy ishlar qilinmoqda

×

 2020-09-10 19:19:24    161

PDF yuklash
Chop etish


Kambag’allik nafaqat davlatning qo’llab-quvvatlashi, balki odamlarning o’z intilishi bilan ham qisqarib boradi. Muhimi ijtimoiy himoyaga muhtoj insonga yordam berilishi, muammolarga yelka tutilishi va oyoqqa turishi uchun ko’mak berilishidir. Bugun Qo’shtepa tumanida kambag’allikni qisqartirish masalasiga ana shu jixatdan yondoshilmoqda.

Xususan tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikovning tashabbusi bilan sektor shtabi "Temir daftari"ga kiritilgan ehtiyojmand oilalardan 3 nafari, Qumtepa mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi N.Otabekov, Qizilariq mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi T.Ro’zimatova, Istiqbol mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi G.Abdujalilovalarga tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazi tomonidan, subsidiya asosida 6 boshdan nasilli quyonlar yetkazib berildi.

Shu o’rinda savol tug’iladi. Birgina shu 6 dona naslli quyonni boqib, kambag’alchilikdan chiqish mumkinmi? Yo’q albatta. Quyonlar parvarishlanib, ko’paytiriladi va mazkur xonadon egalarining faoliyati kengaytiriladi. Albatta, bu jarayonda tuman hokimligi tomonidan amaliy yordam ko’rsatib boriladi.


Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati