Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Yoshlar tashabbuskorligi

×

 2020-09-09 11:50:51    116

PDF yuklash
Chop etish


Barchamizga ma'lumki, koronavirus pandemiyasi tufayli umumta'lim maktablarida 2019-2020 o’quv yili onlayn darslar bilan yakunlandi. Xo’sh, ayni damlarda umumta'lim maktablarida 2020-2021 o’quv yiliga tayyorgarlik jarayoni qanday ketmoqda?

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi Elmurodjon Abduxamidov 2020-2021 o’quv yiliga tayyorgarlik jarayonini o’rganish maqsadida Qo’shtepa tumanidagi maktablarga tashrif buyurdi. 

Tashrif davomida o’quvchilarga karantin qoidalariga qat'iy rioya qilishlari haqida tushunchalar berildi. Bundan tashqari Elmurodjon Abduxamidov tomonidan o’quvchilarga gigenik vositalar, tibbiy niqoblar, qo’l sochiq hamda rang bo’yyoqlari bepul tarqatildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati