Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Uy-joy uchun subsidiya to’lanadigan shaxslarni tanlash 1 oktyabrgacha

×

 2020-09-09 08:42:19    114

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-sonli Farmoniga muofiq Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli "Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to’lash tartibi to’g’risida"gi nizomi tasdiqlandi.

Ushbu nizomga muofiq subsidiya - ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olish uchun boshlang’ich badal va (yoki) kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida davlat byudjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisob varag’iga o’tkazilgan mablag’lar;

Ariza beruvchi subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlariga o’zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro’yxatdan o’tadi.

Subsidiya olish uchun ariza berish muddati 2020 yil 1 oktyabrgacha belgilangan. Muddat tugagandan keyin taqdim etilgan arizalar ko’rib chiqilmaydi.

Mas'ul tashkilotlar 10 ish kunida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini, arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida o’rganib chiqadi.

Subsidiya to’lanadigan fuqarolarni tanlab olish bo’yicha komissiya taqdim etilgan hujjatlar va ma'lumotlar asosida hamda ijtimoiy mezonlar bo’yicha baholash natijalariga ko’ra, ariza beruvchiga ipoteka kreditlari bo’yicha subsidiya berish yoki berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi.

Boshlang’ich badal uchun subsidiya shaharlarda sotib olinadigan kvartira qiymatining kamida 20 foizi, qishloq joylarda esa kamida 10 foizini tashkil etadi.

Taqdim etiladigan subsidiyalar bir oilaga (oila a'zolarining bittasiga) faqat 1 marta beriladi.

Qo’shtepa tumani Davlat xizmatlari markaziga ham Ipoteka krediti davlat subsidiyasini olish uchun fuqarolar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda. Shu o’rinda fuqarolarimizga subsidiya olish uchun ariza berish muddatini tugashiga juda oz fursat qolganligini va ular tomonidan qanday hujjatlar taqdim etilishini eslatib o’tmoqchimiz.

Subsidiya olish uchun ariza berishga quydagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ma'lumotlari;

b) oila a'zolarining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ma'lumotlari va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (to’liq oila va nikoh hamda voyaga yetgan farzandlar mavjud bo’lgan taqdirda) va (yoki) farzandlar tug’ilganligi haqidagi guvohnomalar (voyaga yetmagan farzandlar mavjud bo’lgan taqdirda) nusxalari;

v) belgilangan tartibda nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb tan olinganligi to’g’risida sud qarori (nikoh qayd etilgan holatda) yoki oilaviy holati to’g’risida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari arxividan ma'lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan holatda);

g) doimiy propiska joyidan kadastr raqami va turiga tegishli ma'lumotlar (agar turar joyi doimiy propiska joyi bilan to’g’ri kelsa);

d) doimiy propiska joyidan uy daftarining yoki kvartiralar bo’yicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi (agar turar joyi doimiy propiska joyi bilan to’g’ri kelsa);

e) Ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi va ushlab qolingan daromad soliqlari to’g’risidagi ma'lumotnoma (qo’shimcha daromadlar bo’lsa soliq deklaratsiyasi).

 Akmaljon ABDUKARIMOV,

Qo’shtepa tuman Davlat xizmatlari markazi direktori.