Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Har bir murojaat - e'tiborda!

×

 2020-09-08 14:50:41    111

PDF yuklash
Chop etish


Haftaning har seshanba kuni Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o’tkazib kelinmoqda.

Karantin qoidalariga to’liq rioya qilingan holda o’tkazilgan bugungi qabulda ham fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglandi. Ular qo’ygan muammolar bo’yicha hokim o’rinbosarlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi xalq qabulxonasi va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar ko’rildi. Ayrim murojaatlarda ko’rsatilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriq va ko’rsatmalar berildi.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, bank, bandlik, tadbirkorlik, kadastr bilan bog’liq va shu kabi boshqa masalalarga oid 30 dan ziyod murojaatlar ko’rib chiqildi.

Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro’yxatga olinib, yechimi oson bo’lgan murojaatlar joyida hal etildi va ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati