Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tadbirkorga - ulkan imkoniyat

×

 2020-09-07 16:39:38    138

PDF yuklash
Chop etish


So’nggi yillarda respublikada ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik to’siqlarni bartaraf etish, eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni takomillashtirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur yo’nalishlarda olib borilgan ishlar litsenziyalash va ruxsat berish tizimini liberallashtirish hamda institutsional isloh qilishning yangi bosqichini boshlash uchun mustahkam asos yaratdi.

Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik to’siqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik sub'yektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, Adliya vazirligi, Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil, Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi hamda Savdo-sanoat palatasining asoslantirlgan takliflariga rozilik berilgan holda bosqichma bosqich litsenziya va ruxsat etish hususiyatiga ega hujjatlarni qisqartirish belgilandi.

Ilk bosqichda, ya'ni 2020 yil davomida, fuqarolarning soo’lio’iga  va jamiyatga ziyon yetkazmaydigan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning ayrim turlarini qisqartirish va tartibga solishning muqobil usullariga o’tkazishni, tadbirkorlik sub'yektlaridan ortiqcha hujjatlarni talab qilinmasligini va ularning vaqt hamda mablao’lari sarflanishini kamaytirish uchun tartib-taomillarni soddalashtirish, tegishli hujjatlarni berish jarayonlarini to’liq raqamlashtirish orqali shaffoflikni ta'minlash ko’zda tutilgan.

Farmonda ko’zda tutilgan ikkinchi bosqich davrida, jumladan

2020-2021 yillar davomida litsenziyalash va ruxsat berish sohasidagi qonun hujjatlarini tizimlashtirish, davlat xizmatlari ko’rsatishning pasportlarini ishlab chiqish, ayrim turdagi litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berishning namunaviy ma'muriy reglamentlarini joriy qilgan holda normativ-huquqiy hujjatlar sonini tubdan qisqartirish belgilangan.

Farmon bilan belgilandiki 2021 yil 1 yanvardan boshlab:

a) litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning:

ayrim turlari bekor qilinadi;

ayrim turlari birlashtirish yo’li bilan bekor qilinadi;

ayrim turlari xabardor qilish tartibi joriy etilishi yo’li bilan bekor qilinadi;

litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning ayrim turlarini rasmiylashtirish muddatlari qisqartiriladi.

Xabardor qilish tartibi joriy etilgan faoliyat uchun rasmiylashtirilgan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilishi o’z kuchida qoladi va ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun vakolatli organni xabardor qilish talab etilmaydi.

S. MAXKAMOV,

Qo’shtepa tumani adliya bo’limi xodimi.