Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

«Temir daftar»dagi oilalar endi daromadli bo’lishadi

×

 2020-09-04 19:52:34    136

PDF yuklash
Chop etish


Pandemiya davrida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni moddiy qo’llab-quvvatlash, ularning bandligini ta'minlash va daromad manbaini shakllantirish maqsadida Qo’shtepa tumanida aniq, rejali tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu kunlarda "Temir daftar"ga kiritilgan extiyojmand oilalarni qo’llab-quvvatlash uchun Qo’shtepa tumanida yana bir xayrli ishga qo’l urildi. Tuman hokimi, 1-sektor rahbari I. Novikovning tashabbusi bilan sektor shtabi "Temir daftari"ga kiritilgan extiyojmand oilalarni tadbirkorlikka yo’naltirish orqali ularni doimiy daromad manbaiga ega bo’lishlarini ta'minlash maqsadida, 14 ta oilaga subsidiya asosida  6 boshdan nasilli quyonlar yetkazib berildi.

Pandemiya davrida ko’rsatilayotgan moddiy yordamdan extiyojmand oilalarning barchasi mamnun. Lekin bu yordamlar oila sharoitini vaqtincha yaxshilaydi xolos. Doimiy ishi bo’lmagan oila esa kambag’allik ro’yxatida qolaveradi. 1-sektor hududidagi tadbirkorlikka yo’naltirilgan ushbu extiyojmand oilalar doimiy ishga ega bo’ldilar. Ular endi nasilli quyonlarni parvarishlash orqali daromad manbaiga ham ega bo’ladilar.


Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati