Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Sunnatga amal qilish ikki dunyoda saodatga erishish omilidir!

×

 2020-08-07 11:05:10    127

PDF yuklash
Chop etish


Shu kunlarda butun dunyoda gapirilayotgan muammo - koronavirus. Deyarli barcha ommaviy axborot vositalarida shu mavzu. Men ham ushbu mavzuga to’xtalar ekanman, e'tiboringizni ushbu hadisga qaratmoqchiman. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Payg’ ambarimiz sollallohu alayhi vasallam “Agar bir joyda vabo tarqalganini eshitsangiz, u yerga bormanglar. Agar o’zingiz turgan joyga vabo kelsa, u yerdan qochib chiqib ketmanglar!” deganlar.

Ushbu hadisi sharifga muvofiq, vabo tarqalgan joyga bormaslik, vabo tarqagan joydan qochib chiqmaslik zarur bo’ladi.

Alloh taolo qaysi bir kasallikni tushirgan bo’lsa, uning davosini ham tushirgan. Har qanday kasallikning shifosini faqat va faqat Alloh taoloning O’zi beradi.

Imom Ahmad rivoyat qilgan bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ey, Allohning bandalari, davolaninglar! Chunki, Alloh qaysi kasallikni tushirgan bo’lsa, uning shifosini ham tushirgandir. Faqat bitta kasallik - keksalikning davosi yo’q” deganlar.

Mo’min-musulmon odam o’ziga tekkan kasallikka qarshi kurashib, Alloh taolodan komil shifo so’rab, davolash choralarini ko’rishi kerak.

Dinimizda har bir holat uchun aytiladigan duolar bor. Jumladan, kasallikdan, turli zararlardan saqlanish uchun aytiladigan duolar ham bor. Mo’min-musulmon odam hadislardagi duolarni o’qib, Alloh taolodan turli kasalliklardan panoh berishini so’rashi kerak. Shu bilan birga kasallikning oldini olish choralarini ham ko’rishi, barcha sabablarni ishga solishi lozim.

Buning uchun inson poklikka katta e'tibor berishi kerak. Musulmon odam kun davomida besh mahal namoz o’qiydi. Buning uchun esa tahorat qiladi. Tahorat qilganda og’iz-burnini, yuzini, qo’llarini tirsakkacha, oyoqlarini to’qiplari bilan qo’shib yuvadi. Kun davomida besh bora mana shu tarzda tahorat oladigan insonga virus va boshqa narsalar yaqin yo’lamaydi.

Shu bilan birga tibbiyot niqobini taqib yurish, turli insonlar bilan ko’rishgach, qo’llarni sovunlab yuvish yoki antiseptik vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Shaxsiy gigiyenaga amal qilish, sovun, tish yuvish vositalari va sochiq kabi narsalardan faqat o’zi foydalanish, oila a'zolar uchun ham bunday vositalarni olib berish, yeydigan taomlarga e'tiborli bo’lish, luqmaga katta ahamiyat qaratish, tanani ham, libosni ham pok tutishga, tez-tez almashtirishga harakat qilish lozim bo’ladi.

Shuningdek, ovqatlanishdan oldin va keyin qo’llarni sovunlab yuvish ham salomatlik omillaridandir.

Mabodo inson o’zida istimalash, bosh og’rishi, ko’ngil aynishi va hokazo holatlarni sezsa, darhol mutaxassis-shifokorga murojaat qilishi, tezda davolanish choralarini ko’rishi, bezovtalikdan saqlanishi kerak.

Bandaga keladigan kasallik Alloh taoloning taqdiri bilan bo’ladi. O’sha kasallikdan tuzalish ham Alloh taoloning taqdiri bilan amalga oshadi. Kasallikka chalingan odam besabrlik qilmasligi, turli aqidaga zid gaplarni va ishlarni qilmasligi, shifoni ham haloldan izlashi shartdir. Sunnatga amal qilish esa ikki dunyoda saodatga erishish omilidir!

Abduxoshim Axmadaliyev,

Qo’shtepa tumani bosh imom xatibi.