Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 125 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Саховат ва кўмак” умумхалқ ҳаракати орқали эҳтиёжманд оилаларга қувонч улашилди

×

 2020-08-06 11:10:27    106

PDF yuklash
Chop etish


Ulug’ ayyom - muqaddas Qurbon hayiti bayramida xalqimizning tarixiy va ma'naviy qadriyatlarini namoyon etadigan ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish an'anasi davom ettirilib, “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi orqali Qo’shtepa tumanidagi ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj  aholi besh yuz ming so’mdan naqd pul, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon bilan ta'minlandi.

Qo’shtepa tumanida ijtimoiy himoya tizimida adolatni ta'minlash maqsadida, moddiy yordam va ko’makka muhtoj oilalar ro’yxatlari to’g’ri va haqqoniy shakllantirilib, ajratilgan yordam adolatli tarqatildi. Moddiy yordam kirib borgan oilalar yurtboshimizga cheksiz minnatdorchilik bildirmoqdalar.

- Xo’jayinim vafot etgan. Ikki nafar voyaga yetmagan farzandim bor, - deydi Shodlik MFYda yashovchi Feruzaxon Nishonova. - «Saxovat va ko’mak» jamg’armasi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari o’z vaqtida yetkazilib turibdi. Qurbon xayiti arafasida Prezidentimiz tashabbuslari bilan besh yuz ming so’m moddiy yordam puli berildi. Mana shunday og’ir sinovli kunlarda bizni qo’llab-quvvatlab, juda katta yordam berayotgani uchun davlatimiz rahbaridan minnatdormiz.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.