Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Mahkumlarga qo’shimcha huquq va erkinliklar beruvchi qonun ma'qullandi

×

 2020-08-04 17:12:48    100

PDF yuklash
Chop etish


“O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta'minlashga qaratilgan o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi.

Qonun bilan kiritilgan o’zgartishlarga ko’ra, jumladan, voyaga yetmagan mahkumlarning ota-onasi yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar bilan uchrashuvlarida cheklovlar bekor qilindi.

Mahkuma ayollarning voyaga yetmagan farzandlari bilan uchrashuvlarining alohida tartibi belgilandi.

Jumladan, mahkuma ayollarga voyaga yetmagan bolalari bilan bir yil ichida 4 marta muddati 5 sutkagacha bo’lgan uzoq muddatli uchrashuv, shuningdek, manzil-koloniyalarda saqlanayotganlarga esa muassasa hududidan tashqarida yashash imkoniyati bilan uzoq muddatli uchrashuvlar cheklanmagan miqdorda beriladi.

Kodeksga kiritilayotgan o’zgarishlarga ko’ra, mahkumning shaxsiy xavfsizligini ta'minlash to’g’risidagi arizasi yoki og’zaki xabari ro’yxatdan o’tkaziladi hamda jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshlig’i shaxsiy xavfsizlikni ta'minlash to’g’risidagi arizani (xabarni) olgandan so’ng mahkumni xavfsiz joyga vaqtinchalik joylashtirishi shart.

Xavfsizlik choralarini qo’llash to’g’risidagi yoki ularni qo’llashni rad etish haqidagi qaror ustidan yuqori turuvchi organga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat berilgan paytdan e'tiboran yigirma to’rt soat ichida qo’rib chiqilishi lozim.

Prokuror va sud nomiga xavfsizlik choralarini qo’llash haqidagi yoki ularni qo’llashni rad etish to’g’risidagi qarorlari ustidan shikoyatlar tegishliligi bo’yicha darhol jo’natiladi.

Shuningdek, mahkumlarni jazo o’tashi davrida adolatli mezonlar asosida rag’batlantirish choralarini qo’llash tartibi hamda rag’batlantirish choralarini qo’llash komissiyasining ish faoliyati va ularning aniq vazifalari belgilandi.

Qo’shtepa tumani adliya bo’limi.