Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Bu aziz yurtda hyech kim mehr va e'tibordan chetda emas!

×

 2020-07-30 16:29:53    96

PDF yuklash
Chop etish


Hukumatimizning farmoyishi asosida “Saxovat va ko’mak” fondi orqali ajratilgan mablag’ Farg’ona viloyatidagi ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarga yetkazilyapti. Shahar va tumanlardagi sektor rahbarlari moddiy yordamni tarqatishda bosh-qosh bo’lmoqdalar.

Shuningdek, viloyat hokimligi tomonidan ham ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari va naqd pul berilyapti. Ana shunday yordam shahar va tumanlardagi 20 ming oilaga kirib bormoqda.

Viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev bugun Qo’shtepa tumaniga ham tashrif buyurib ehtiyojmand oilalarning xonadonida bo’lib, ularni Qurbon hayiti bilan tabrikladi. Mazkur oilalarga moddiy yordam va ro’zg’or uchun kerakli mahsulotlar topshirildi.

Qo’shtepa tumani “Namuna” mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Muxiddin Turdaliyev va Salimjon Jo’rayevlar uchun viloyat hokimi Shuhrat G’aniyevning xonadonlariga kirib kelishi kutilmagan holat bo’ldi. Bugungi sinovli kunlardagi ushbu yo’qlovdan ularning boshi osmonga yetdi.

Muborak Qurbon hayiti arafasida viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev ushbu xonadon a'zolaridan hol-ahvol so’rab, davlatimiz tomonidan ajratilgan pul va oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi.

- Prezidentimizga va hokimlarimizga ming rahmat, - deydi Mayramxon Turdaliyeva. - Doimo bizdek oilalarga qo’ldan kelgancha yordam berishyapti. Mana bugun viloyat hokimining shaxsan o’zi bizni yo’qlab keldi. Albatta biz bundan cheksiz minnatdormiz.

Viloyat hokimligi tomonidan ehtiyojmand oilalarga ajratilgan pul va oziq-ovqat mahsulotlari bugun Qo’shtepa tumanidagi oilalarga kirib boradi. Tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari o’z hududlaridagi mahalla fuqarolar yig’inlarida bo’lishib, ehtiyojmand oilalarga ajratilgan pul va oziq-ovqat mahsulotlarini egalariga topshirmoqdalar.

Tumanimizdagi 705 ta oilaning har biriga 500000 so’mdan moddiy yordam pullari hamda 677 ta xonadonga kundalik zarur oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilmoqda.

Qurbon hayiti kunlarida mamlakatimizdagi ehtiyojmand oilalarga ko’rsatilayotgan bunday e'tibordan barcha birdek mamnun bo’lmoqda. Zero, bu aziz yurtda hyech kim mehr va e'tibordan chetda emas!

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati