Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 156 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’zbekistonda sud tizimi rivojlanishning yangi bosqichida

×

 2020-07-30 09:46:21    183

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan so’nggi uch yilda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta'minlash, sudlar mustaqilligini amalda ta'minlash bo’yicha bir nechta Farmon va Qarorlar qabul qilindi.

Fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yuksaltirish, ishlarni sudda ko’rish sifatini oshirish hamda xolis, adolatli va qonuniy sud qarorlarini qabul qilish uchun taraflarning tengligi va tortishuvchanligini amalda ta'minlash mexanizmlarini kengaytirish maqsadida, Prezidentimiz tomonidan 2020 yil 24 iyulda qabul qilingan “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni, sud-huquq tizimidagi islohotlarni davom ettirish yo’lidagi yana bir muhim hujjat bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Farmonga ko’ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab:

- viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari bo’yicha, jinoyat ishlari bo’yicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qatiy ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari bo’yicha alohida sudlov hay'atlarini tashkil etgan holda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlarini tashkil etish;

- ma'muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish vakolatini ma'muriy sudlardan jinoyat ishlari bo’yicha sudlarga o’tkazish;

- ma'muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko’rishga ixtisoslashtirilgan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo ma'muriy sudlarini tashkil etish, shu munosabat bilan tuman (shahar) ma'muriy sudlarini tugatish. Bunda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari saqlab qolinishi;

- Amudaryo, Nurobod, Boysun va Pastdarg’om tumanlari iqtisodiy sudlarini tugatish;

- fuqarolik ishlari bo’yicha Yangiyo’l tumanlararo sudini, fuqarolik ishlari bo’yicha Urgut, So’x, Xatirchi, Paxtakor tumanlari sudlarini, Pastdarg’om tumanlararo iqtisodiy sudini, jinoyat ishlari bo’yicha Bo’zatov, Taxiatosh, Bandixon, Tuproqqal'a tumanlari sudlarini tashkil etish;

Shuningdek, Farmon bilan sud ishlarini nazorat tartibida ko’rish institutini tugatish, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular o’rinbosarlarini sudning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari hamda qarorlarini ustidan nazorat tartibida protest kiritish huquqini bekor qilish;

- Jinoyat ishlarini sudda ko’rish uchun tayinlash bosqichida ish yuzasidan qarorlarni tortishuv tamoyiliga rioya etgan holda taraflar ishtirokida qabul qilish tartibini belgilash, jinoyat ishini umumiy tartibda ko’rib chiqilishiga to’sqinlik qiluvchi omillarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etish imkonini beruvchi dastlabki eshituv bosqichini kiritish haqidagi taklif ham ma'qullandi.

Endilikda, 2020 yil 1 noyabrga qadar yangi tahrirdagi “Sudlar to’g’risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga ko’rib chiqish uchun kiritish belgilandi.

Farmonga asosan, qabul qilinadigan yangi qonunlar sud himoyasini ta'minlashdagi ortiqcha byurokratik to’siqlar olib tashlash, sud qarorlarini qayta ko’rishning bir-birini takrorlovchi bosqichlaridan voz kechish, investorlar huquqlarini sud himoyasida bo’lishini ta'minlash va sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiq bo’lishiga xizmat qiladi.

Avazjon Ergashev,

jinoyat ishlari bo’yicha

Qo’shtepa tuman sudining raisi.