Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Ehtiyojmand xotin-qizlarga tikuv mashinasi berildi

×

 2020-07-30 09:04:37    136

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o’z qobiliyat va imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so’zsiz rioya qilinishini ta'minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, hududlardagi  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  xotin-qizlarning turmush  tarzini  o’rganish, ularning iqtisodiy jihatdan oyoqqa turishi uchun imkoniyatlarini tahlil qilish hamda jamiyatdagi o’rnini oshirish, mavjud muammolarini hal etish maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan tumandagi ijtimoiy-ma'naviy muhit o’rganildi. Shunga asosan xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularni moddiy va ma'naviy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar Dasturi ishlab chiqildi.

Ushbu chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida  O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati, Respublika Kasaba uyushmalari Federatsiyasi  hamda viloyat hokimligi tomonidan tumandagi 15 nafar boquvchisini yo’qotgan, og’ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan  xotin-qizlarga uy sharoitida doimiy daromad manbaiga ega bo’lish imkoniyatini yaratish maqsadida 15 ta tikuv mashinalari topshirildi. Endilikda ushbu xotin-qizlar uy sharoitida tikuvchilik bilan shug’ullanishadi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati