Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AHOLI TOMORQALARIGA SAYOHAT

×

 2020-07-24 15:16:59    124

PDF yuklash
Chop etish


Tomorqasidan “xazina” topayotganlar

Butun dunyoni qamrab olgan koronavirus pandemiyasi barcha sohalarga o’z ta'sirini o’tkazmasdan qolmayapti. Shu bois karantinga moslashish va shunday sharoitda yashab-ishlashga o’rganishni hayotning o’zi taqozo etmoqda. Xalqimiz ro’zg’or butligi, dasturxonimiz to’kinligining asosiy omili tomorqa ekanligini bugungi pandemiya davrida yanayam yurakdan his qilmoqda.

Ayni shu kunlarda ko’pchilik fuqarolarimiz vaqtini asosan oila davrasida o’tkazyapti. Bu karantin qoidalariga rioya qilish bilan birga, xonadonidagi mavjud tomorqada ishlash uchun ham yaxshi imkoniyat. Agar har bir xonadonda ro’zg’or uchun zarur bo’lgan qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirilsa, avvalo, kelgusida bu mahsulotlarga bo’lgan ehtiyojni qondirish, bozorlarda narx-navoning asossiz ravishda oshib ketishining oldini olishda muhim omil hisoblanadi.

Bu dunyoda hamma narsa mehnat, mashaqqatga bog’liq. Kim mehnat qilsa, rohat ko’radi. Chunki farovonlikka faqat o’z mehnatimiz, harakatimiz bilan erishishimiz mumkin. Negaki, dunyoda harakatsiz boy bo’lgan davlat ham, xonadon ham yo’q.

Shu o’rinda bir misolga e'tiboringizni qaratmoqchiman. Xitoyda 8 sotix yeri bor odam badavlat hisoblanar ekan. Bizdachi?! Bizning qishloqlarimizda bundan ham katta tomorqalar bor. Serhosil yerimiz, daromad olishga tomorqamiz bor ekan, undan doimo unumli foydalanishimiz lozim. Axir hozirgi og’ir sharoitda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan birlamchi talabini qondirish ko’p jihatdan tomorqalardan oqilona foydalanishimizga bog’liq.

Koronavirus pandemiyasi davrida Qo’shtepa tumanida eng avvalo aholini tomorqalaridan samarali foydalanishi tashkil etilib, aholini oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash bo’yicha barcha chora-tadbirlar ko’rildi. Xalqimizning dasturxonini obod, turmushini farovon qilish bilan shug’ullanayotgan azamat dehqonlarimiz uchun keng imkoniyatlar yaratib berildi.

Shunday namunali tomorqachilardan biri Yo’ldoshobod mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Mamadaliyevlar oilasi bo’ladi. Oila bekasi Sanobarxon opa boshchiligida gullarning eng noyob turlari - qora shaxzoda, xamedoreya palmasi, alyondra, geran, filodendron, xitoy lolasi, imperator, bendjamin va boshqa fikus turlari hududimiz iqlimiga moslashtirilib parvarishlanmoqda.

Gullar inson kayfiyatini ko’taradi, ezgu va go’zal his-tuyg’ularga oshno etadi. Ayniqsa, xona gullari xonadon ko’rki bo’lish bilan birga, salomatlik uchun ham koni foyda. Bundan tashqari gullar daromad manbai ham hisoblanadi.  Bugungi kunda bu oila gulchilikdan katta daromad topmoqda. Ro’zg’orning obodonligi, to’kinligi va oila a'zolarining hamjihatligi ularning tadbirkor va ishbilarmonligida desak, sira xato qilmagan bo’lamiz.

Sanobarxon opaning so’zlariga qaraganda, uning oilasidagilar sabzavot va gul ko’chatlari yetishtirib sotishgan ekan. Opa ham ushbu oilaviy an'anani davom ettirib, maktabda o’qituvchilik qilish bilan birga, bundan bir necha yil muqaddam tuvakda gul ko’chati yetishtirib sotishni yo’lga qo’ydi. Qarasaki, yil davomida bu biznesni yo’lga qo’ysa bo’ladi, foyda ham mehnatga yarasha. Uning bu tashabbusini turmush o’rtog’i Komiljon aka va farzandlari ham qo’llab-quvvatladi, ko’mak berishdi. Tomorqasida mo’jaz issiqxona qurdi. Hozir mazkur xonadonda issiqxona kengaytirildi. Oilaning kattasidan kichigigacha - barcha gul parvarishi amallarini yaxshi o’rganib olishgan.

Xozirgi kunda 5 sotixli issiqxonada 6 nafar ishchi mehnat qilib, ular ham o’z navbatida ro’zg’orlarini tebratishmoqda. Karantin sharoitida ham karantin qoidalariga qat'iy amal qilgan holda ishlar bir maromda davom etmoqda. Xonadon egalari ro’zg’or butligi, dasturxon to’kinligining asosiy omili tomorqa ekanligini bugungi pandemiya davrida yanayam yurakdan his qilmoqdalar.

- Gulchilikka qiziqishim yoshligimdan baland, - deydi Sanobarxon opa.- Gullar qalbni yoshartiradi, huzur beradi. Qolaversa, yaxshigina daromad ham keltiradi. O’tgan yili 40 million so’m sof foyda oldik. Bu yil undan ham ko’proq daromad olishni ko’zlaganmiz. Oilamiz farovonligi gulchilik ortidan ta'minlanyapti. Agar kimki, uch-to’rt sotix yerdan to’q-farovon yashash mumkin emas, degan fikrda bo’lsa, uyimga kelsin, mo’jaz tomorqada nimalar qilish mumkinligini ko’rsin.

 Xalqimiz azaldan dehqonchilikda, bog’ yaratish ishlarida namuna bo’lib kelgan. Bugungi kunda o’z tomorqasidan samarali foydalanib, bir yilda 3 martagacha hosil olayotganlar ham oramizda ko’plab topiladi. Xususan, bu borada qo’shtepaliklarda ham katta tajriba to’plangan. Aslida tomorqa rizq-ro’z, qo’shimcha daromad manbai, bandlikni, arzonchilikni ta'minlashning samarali yo’li ekanligini unutmasligimiz lozim.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati