Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo’shtepa tumani hokimligi axborot xizmatining bayonoti

×

 2020-07-13 11:23:50    119

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yil 11 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali “Fermerlar zaharli dorini ogohlantirmay sepayotganidan asalarichilar zarar ko’rmoqda” sarlavhali axborot tarqatildi.

Unda jumladan shunday deyiladi: “Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumanidan yozmoqdamiz. Fermer xo’jaliklari zaharli dorilarni ogohlantirmasdan sepayotgani sabab asalarichilar zarar ko’rmoqda. Fermerlarimizdan qattiq iltimos qilardikki, dorini iloji boricha kunning kechki qismida, arilar uchmaydigan paytda sepishsin. Axir kunni kun, tunni tun demay toza shifobaxsh asal tayyorlash yo’lida chekayotgan zahmatimizga achinmoqdamiz...”

Joriy yilda Qo’shtepa tumanidagi paxtakorlar 7240 gektar maydonda g’o’za o’stirib, pandemiya sharoitida ham mo’l hosil yetishtirish ishqida fidokorona mehnat qilmoqdalar.  

Yuqoridagi xolat bo’yicha Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashi raisi M.Yuldashev bergan ma'lumotga ko’ra, bungungi kunda g’o’za maydonlarini ko’sak qurti va o’rgamchikkana zararlayotganligi sababli fermer xo’jaliklari tomonidan kimyoviy va biologik usul bilan zararkurandalarga qarshi kurashilmoqda. Fermer xo’jaligi rahbarlariga  kimyoviy preparatlarni tunda sepish bo’yicha muntazam ko’rsatmalar berilib, ushbu kimyoviy vositalarni asosan tunda sepilishi ta'minlanmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.