Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qonunlar ijrosi amalda!

×

 2020-07-10 16:43:36    120

PDF yuklash
Chop etish


Davlat tiliga amal qilishni rivojlantirish yo’lida

Qo’shtepa tuman hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etish masalalari bo’yicha maslahatchisi U.Xolmatov, Respublika ma'naviyat va ma'rifat targ’ibot markazi tuman bo’linmasi rahbari N.Otabekov, tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati huquqiy himoya bo’limi mutaxassisi B.Saidov hamda tuman soliq inspeksiyasining soliq sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’limi katta inspektori  Sh.Hakimovlar tomonidan, tuman hududidagi mavjud tamaki va alkogol mahsulotlarini savdosi bilan shug’ullanuvchi savdo shahobchalarining peshtoqida o’rnatilgan tashqi yozuvlar, peshlavhalar, e'lonlar, reklama va axborot matnlarini “Reklama to’g’risida” gi, “Davlat tili haqida” gi hamda “Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida” gi  qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan o’rganish o’tkazildi.

Tuman soliq inspeksiyasi ro’yxatidan, tuman bo’yicha jami 10 ta spirtli ichimliklar savdosi bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlari o’tkazilgan bo’lib, o’rganishlar Sohibkor, Langar, Qoraqushchi, Qamishtepa hamda Qumtepa MFY hududlarida spirtli ichimliklar savdosi bilan shug’ullanuvchi savdo do’konlarida karantin qoidalariga amal qilgan tartibda olib borildi.

O’rganishlar natijasida, tuman soliq inspeksiyasi ro’yxatidan o’tgan spirtli ichimliklar savdosi bilan shug’ullanuvchi savdo do’konlari peshlavhalaridagi reklama yozuvlari, tashqi reklama faoliyatini tartibga solish bo’yicha qonun talablariga zid ekanligi aniqlandi. Jumladan, alkogol mahsulotlarining “VINO-VODKA” talqinidagi reklamasi qonun bilan ta'qiqlangan bo’lsada, tuman hududidagi spirtli ichimliklar savdosi bilan shug’ullanuvchi savdo do’konlari peshlavhalarida, mazkur holat kuzatilmoqda.

O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan “Reklama to’g’risida”gi Qonunining 23 moddasida, “Savdo ob'yektlarining old tomonida, kirish (transportda kirish) joylarida, vitrinalarida, tashqariga olib chiqiladigan predmetlarida hamda boshqa joylarida tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning tasvirlari, nomlarini va ular haqidagi boshqa axborotni o’rnatish taqiqlanganligi belgilab qo’yilgan.

O’rganish jarayonida savdo do’kon xodimlariga, O’zbekiston Respublikasining “Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida” gi qonunining 5-moddasi,  “Davlat tili haqida” gi qonunning 20-moddasi bilan, “Reklama to’g’risida” gi qonunning 5, 23 - moddalari o’qib eshittirildi, xodimlar ushbu qonun hujjatlari bilan tanishganliklarini imzo asosida tasdiqlab berdilar.

Shuningdek, do’kon xodimlariga, O’zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan “Ma'muriy javobgarlik to’g’risida”gi Kodeksining 1781-moddasida, fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan noto’g’ri reklama berganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik yoki aksilreklama berishdan bosh tortganlik, xuddi shuningdek reklama qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo’lishi belgilab qo’yilganligi yetkazildi.

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan qonunlarda belgilangan talablarda faoliyat ko’rsatib, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish maqsadida, savdo do’kon ma'muriyatiga tavsiyalar berildi.

U.Xolmatov,

Tuman hokimining maslahatchisi .

N.Otabekov,

Respublika ma'naviyat va ma'rifat targ’ibot markazi tuman bo’linmasi rahbari.