Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YUKSAK MA'NAVIYAT-YENGILMAS KUCH

×

 2020-05-29 12:25:52    132

PDF yuklash
Chop etish


JAHOLATGA MA'RIFAT BILAN JAVOB BERAYLIK

Bugungi kunda butun dunyoda islom diniga nisbatan qiziqish va intilish  kuchayib,  uning  xayrixoh  va  tarafdorlari  ko’payib  bormoqda. Buning asosiy sababi muqaddas dinimizning haqqoniyligi va pokligi, insonparvarligi  va  bag’rikengligi,  odamzotni  komillik va ezgulikka  chorlashi  bilan  bog’liq.  Taassufki,  hozirda  islom  dinini niqob qilib, manfur ishlarni amalga oshirayotgan mutaassib kuchlar xali ongi shakllanib ulgurmagan, tajribasiz, g’o’r yoshlarni tuzog’iga ilintirib, ulardan o’zlarining nopok maqsadlari yo’lida foydalanishga urinmoqdalar. Diniy shiorlar ostida siyosiy hokimiyatga intilayotgan diniy ekstremistik tashkilotlar Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni  izdan  chiqarishga  harakat  qilayotgani  achinarli  holdir.

Zero, bunday  nojo’ya  harakatlar,  avvalo dinimizning sha'niga dog’ bo’lishini, oxir-oqibatda esa butun hayotimizga salbiy ta'sir ko’rsatishini chuqur anglab olib, xulosa chiqarishimiz zarur. Jaholat yo’liga adashib  kirganlarni davlatimiz rahbari umumiy avf bilan ularning barini  kechirdilar va ijtimoiy hayotda o’z yo’llarini topishlari uchun barcha chora-tadbirlarni belgilab berdilar.

Qur'oni Karimda “Jaholatla yomonlik qilib qo’yib, so’ngra tezda tavba qiladiganlarning tavbasi Allohning zimmasidadir” (Niso-17) deyiladi. Biroq, mana shunday eng oliy imtiyozlardan keyin ham tavba qilmay jaholatida davomli bo’lsa, albatta nonko’rlik hosil bo’ladi.

Hozirgiday globallashuv jarayonida yoshlarimiz radio, televideniye,  internet kabi vositalardan har-xil axborot va ma'lumotlarni olishmoqda.  Ba'zi bir aqidaparastlar o’z g’arazli maqsadlarini ana shu vositalar orqali  ham dunyoning istalgan burchagidan turib, ta'sir o’tkazib, qabih ishlarini  amalga oshirishmoqda. Ana shundaylarning yo’liga g’ov qo’yish uchun, yoshlarimizda ma'naviy bo’shliq paydo bo’lmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog’lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg’usini shakllantirish, fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish  ko’nikmasini singdirish lozim.

Muborak dinimizda musulmon qanday bo’lishi kerak degan savolga  oddiy qilib javob berilgan. Rasululloh (s.a.v) so’zlarida “Musulmon, uning qo’li va tilidan boshqa birovlarga aziyat va ozor yetmaydigan kishidir” deganlar. Qur'oni karimda urush chiqarish yo’lidagi fitna qotillikdan ham yomon jinoyat hisoblanadi. Zero, dinlarning birortasida zulm, qotillik,  odam o’ldirish yoqlanmagan, aksincha, mehr-oqibatli, sulhparvar, rahm-shafqatli  bo’lishga chorlangan. Alloh taolo insonlarga qarata bunday  deydi:  “Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan  yaratdik  hamda  bir-birlaringiz bilan tanishishingiz uchun  sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabilalar  qilib qo’ydik...” (Hujurot  surasi, 13-oyat). Demak, xalqlarning, elat va qabilalarning har xilligi urushish, janjallashish uchun emas, balki bir-birlari bilan topishib-tanishishlari, bir zaminda ahil-inoq yashashlari uchun ekan. Binobarin, bir ota va bir onadan tarqalgan insoniyatning bir-biri bilan Alloh  taqiqlagan ishlar tufayli urushib-talashib yurishi Islom diniga ziddir.  Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom ham hadislarida: “Bir-biringizning qoningiz va obro’yingizni to’kishingiz, mol-mulkingizga tajovuz qilishingiz barchalaringizga haromdir”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Yoshlik inson hayotida bir marta beriladigan g’animat davrdir. Bu  g’animat palladan unumli foydalanib ilm va kamolot hosil qilish vojibdir. Islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g’arazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va bo’xtonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini  unib-o’sib kelayotgan yoshlarga to’g’ri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu  g’oyalarini  keng targ’ib etish asosiy vazifamiz hisoblanadi.

Vaqtimizni g’animat bilib o’zimizni ilm, kasb-hunar, sport va manfaatli ishlar bilan mashg’ul qilishimiz, ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan axborotning manbaasini tekshirish va yolg’onlarini saralash  ko’nikmasini hosil qilish, tarqatilayotgan ma'lumotlar ostida qanday  manfaatlar bo’lishi mumkinligini o’ylab ko’rish, eng avvalo o’zimiz uchun foydali ekanligini anglashimiz kerak.

Negaki, yurtimizning ertangi kuni qanday bo’lishi siz, aziz yoshlarning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishingizga bog’liq. So’zimni hadis  ilmining yetuk olimi, bobomiz Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi so’zlari  bilan yakunlasam: “Dunyoda ilmdan boshqa najot bo’lmagan va bo’lmaydi ham.”

Tursuntoyir ERBO’TAYEV,

“Mo’yi muborak” masjidi imom-xatibi