Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’Z DEPUTATLARGA

×

 2020-05-29 11:21:38    83

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda juda muhim siyosiy tadbir - O’zbekiston parlamenti va mahalliy Kengashlarga umumxalq saylovlari bo’lib o’tganiga 5 oydan ziyod vaqt o’tdi.

Saylov jarayoni yangi qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi qoidalari asosida, “Yangi O’zbekiston - yangi saylovlar” shiori ostida, ochiq-oshkora, shaffof tarzda, demokratik tamoyillarga to’la mos ravishda bo’lib o’tdi.

2019 yilgi saylov kampaniyasi ham mutlaqo yangicha tarzda, shiddatli kechayotgan davrimiz ruhiga mos tarzda o’tdi. Saylovlar deputatlikka nomzodlar o’rtasida halol siyosiy raqobatni yorqin namoyon qildi.

Deputat - xalqning ishongan vakili. U xalq nomidan gapiradimi, demak o’zi ham shu xalqqa munosib bo’lishi kerak. Jamiyatda izlanuvchan, fidoyi bo’lmagan deputat bilan hyech qanday yutuqqa erishib bo’lmaydi. Shu sababli deputatlikni ikki karra mas'uliyat deb qabul qilish darkor. Saylovda ovoz bergan insonlarning tanlovda adashmaganliklarini isbotlash uchun deputatlarimiz xalqimiz farovonligi yo’lida qanday mehnat qilmoqdalar? Bugungi deputat talabchan bo’lish bilan birga, odamlar tashvishi bilan ham yashashi kerak.

Yangi rukn ostida Sizlarni deputatlarimizning faoliyatlari bilan tanishtirib borishga harakat qilamiz.

Bugun 7-Nurafshon saylov okrugidan tuman Kengashiga O’zbekiston xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat, “Qayrag’och” mahalla fuqarolar yig’ini raisi Bexzodjon Madraximovning  fikr mulohazalari bilan tanishamiz.

DEPUTATLAR FAOLIYATIDAN XALQ ROZI BO’LISHI KERAK

Bugunning talabi kundan-kunga o’tkirlashib, deputatlardan nafaqat o’z-o’zini tashkillashtirish va boshqarishni, balki, fuqarolarga davlat tomonidan ko’rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarning joylarda amalga oshirilishini ta'minlashda ham faollikni talab etmoqda. Deputatlarimiz faoliyatidan xalq rozi bo’lishi lozimligi, endilikda ulardan faollashuv va dadillik talab qilinayotgani hyech birimizga sir emas.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2018 yil yakunlariga bag’ishlab Parlamentga qilgan murojaatida vakillik organlari faoliyatiga alohida to’xtalib, bir qator tanqidiy fikrlarni bildirganlari, deputatlar e'tiborini ustuvor vazifalarga qaratgani ham bejiz emas albatta.

Bugun odamlarning dunyoqarashi o’zgargan, huquqiy savodxonligi ham baland. Shuningdek, o’zlarining fuqarolik burchini juda yaxshi anglaydi. O’z-o’zidan ayonki, saylovchilar manfaatini himoya qiladigan, ularning xohish-istaklarini yuqori or­ganlarda namoyon etadigan vakolatli shaxs - deputatlar oldiga qo’yilayotgan talablar ham shunga yarasha. Ya'ni, hozir kishilarni havoyi so’z­lar, puch va'dalar bilan aldab bo’l­maydi. Aksincha, o’z ishiga astoydil kirishadigan, odamlar uchun jon kuydiradigan, ularning talab va istaklarini o’z vaqtida qondira oladigan deputatnigina xalq e'zozlaydi, e'tirof etadi.

Shu ma'noda bugunning deputati zimmasidagi mas'uliyat juda yuqori. Biroq odamlar ishonchiga sazovor bo’lish, ularning og’irini yengil qilish, eng avvalo, uning o’ziga - ishni to’g’ri tashkil qilishiga bog’liq. Ta'kidlash joizki, barcha masalalarni o’z vaqtida hal etish, o’ylagan reja va maqsadlarini hayotga tatbiq qilish deputatdan kattagina mehnat va harakat talab etadi.

Saylovlardan so’ng ishni eng avvalo okrug hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni har tomonlama o’rganib chiqishdan boshladim. O’rganish  jarayonida Nurafshon va Qayrag’och mahallalarining faollari, oqsoqollar bilan maslahatlashib, undan so’ng mutasaddi tashkilotlarga ushbu muammolarni hal etish uchun 12 ta deputatlik so’rovlari kiritdim. So’rovlarni ijobiy hal etilgani ham nazoratda turganlari ham bor.

Bugungi kungacha o’zim raislik qilayotgan Qayrag’och mahallasida 200 metr yo’lga asfalt yotqizildi, ko’chalarga chiroqlar o’rnatildi. Hududdagi barcha zovurlar tozalandi. Mahalla kundan kunga chiroy ochib bormoqda. Yaqinda ko’p tarmoqli klinika qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi.

Reja asosida haftaning seyshanba, shanba kunlari qabul tashkil etilib, saylovchilarning murojaatlarini tinglab, imkon qadar muammoni hal etishga harakat qilyapmiz.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 14 aprel kuni bo’lib o’tgan videoselektor yig’ilishidagi topshiriqlar ijrosini ta'minlash yuzasidan karantin qoidalariga amal qilgan holda mahallalardagi xonadonlar ko’zdan kechirildi. Ularga hozirgi pandemiya vaqtida tomorqadan samarali foydalanish, o’z navbatida dolzarb hamda daromadli sohaligi bo’yicha tegishli tavsiyalar berildi. Tomorqadan unumli foydalanish, birinchi ekindan bo’shagan joylarga ham qisqa muddatlarda ekinlar ekish zarurligi tushuntirildi. Xullas, hozirgi pandemiya sharoitida aholi tomorqalarining bo’sh qolmasligi borasida tavsiyalar, o’rni kelganda o’z yordamimizni berib, targ’ibot ishlarini olib bormoqdamiz.

Hozirgi karantin sharoitida ehtiyojmandlar, kam ta'minlanganlarga ko’rsatilayotgan saxovat va moddiy yordamlar o’z egasiga yetib borishini ham nazoratga olganmiz. Qolaversa bunday oilalarga doimiy ravishda yordam berib kelinmokda. Mana shunday oilalardan 3 nafariga issiqxona qurib berildi.

Darhaqiqat, xalqning ishonchli vakili bo’lishning ham o’ziga xos mas'uliyatlari va majburiyatlari bor. Ularni qalb amri va vijdon talabi bilan bajarganlar xalq e'zoziga sazovor bo’laveradilar.

Bexzodjon Madraximov,

Xalq deputatlari tuman kengashi deputati.