Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DEZINFEKTSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2020-05-28 15:13:41    93

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanida koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va uning tarqalishini oldini olish borasidagi ishlar jadal suratda olib borilmoqda. Xususan, tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi o’zaro hamkorlikda dezinfeksiya ishlarini amalga oshirmoqdalar.

Ushbu dezinfeksiya tadbirlari tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi tomonidan maxsus texnikalar yordamida tuman xokimligi hududida, davlat tashkilotlarida, “Dehqon bozori” MCHJ hududida, oziq-ovqat do’konlari kirish qismi va atroflarida, mahalla fuqarolar yig’inlarida hamda markaziy ko’chalarda olib borilmoqda.

Bugun ham bo’lim tomonidan markaziy dehqon bozori, tuman tibbiyot birlashmasi va markaziy shifoxona hududlarida, Qumtepa mahalla fuqarolar yig’iniga qarashli B. Marg’iloniy hamda Qiyqi mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi Soxibkor ko’chalarida dezinfeksiya ishlari olib borildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati