Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

G’ALABA NASHIDASI

×

 2020-05-25 12:03:32    129

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi covid-19 pandemiyasi davrida o’quvchi yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida, “Onlayn” insholar hamda kitobxonlik oyligi doirasida “Kitobxon o’quvchi” ko’rik-tanlovlari o’tkazildi.

Ushbu ko’rik-tanlovda Qo’shtepa tumanidan 847 nafar o’quvchi-yoshlar ishtirok etdilar. Viloyat miqyosida o’tkazilgan mazkur ko’rik-tanlovda qo’shtepalik o’quvchi-yoshlar ham faxrli o’rinlarni egalladilar.

“Kitobxon o’quvchi” ko’rik-tanlovi bo’yicha tumanimizdagi 2-IDUMI 11-sinf o’quvchisi Dilnavoz Abduraximova, 1- umumiy o’rta ta'lim maktabining 8-sinf o’quvchisi Gulsanam Abdusattorova va 33-umumiy o’rta ta'lim maktabining 6-sinf o’quvchisi Sanjarbek Shukurovlar viloyat o’quvchi-yoshlari o’rtasida faxrli 1-o’rinni egalladilar.

2-IDUMI 8-sinf o’quvchisi Niginabonu Muhammadjonova, 20-umumiy o’rta ta'lim maktabining 10-sinf o’quvchisi Tabassum Musayeva, 1-umumiy o’rta ta'lim maktabining 6-sinf o’quvchisi Shaxboz Yunusaliyev, 8-sinf  o’quvchisi Sarvaraxon Bakirjonova, 46-umumiy o’rta ta'lim maktabining 10-sinf o’quvchisi Mo’sinjon Umarovlar faxrli 2-o’rinni egalladilar.

“Onlayn” tarzda o’tkazilgan insholar tanlovi bo’yicha 2-IDUMI 10-sinf o’quvchilari Oyjahon Mo’sinjonova 2-o’rinni hamda Muslimbek Olimov 3-o’rinni, 11-sinf o’quvchisi Nilufar Abdullayeva esa 3-o’rinni egalladilar. 

Tumanimizning ilm salohiyatiga qo’shgan hissalari uchun, o’quvchilar  Farg’ona viloyati hokimi Sh. G’aniyevning tashakkurnomasi, diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar. Sovg’alar, o’quvchilarga muborak Ramazon hayiti arafasida, ularning uylariga yetkazildi va topshirildi.

Zero, bilim olish, izlanish vaqt va sharoit talab etmaydi. Yuqorida faxrli o’rinlarni olgan o’quvchilarimizga mazkur ko’rik-tanlovlarda qatnashib, munosib o’rin olishlariga yetarli shart-sharoit yaratib bergan muhtaram ustozlari va ota-onalariga tuman hokimligi hamda tuman Xalq ta'limi bo’limi tomonidan minnatdorchilik bildiramiz.

U. Xolmatov,

Qo’shtepa tumani hokimining ma'naviy-ma'rifiy

ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili

to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etish

masalalari bo’yicha maslahatchisi.           

N. Otabekov,

Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari.