Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OILA - MUQADDAS DARGOH

×

 2020-05-20 14:43:39    363

PDF yuklash
Chop etish


Oila - muqaddas dargoh. Buni har bir inson doimo yodda saqlamog’i, anglamog’i va uni asrab-avaylamog’i lozim.

Jamiyatimizda yangi oilaning barpo etilishi eng go’zal, bir umr kishi yodida qoladigan muhim voqyea hisoblanadi. Shu bois ham, ana shu quvonchli kun to’y qilinib, barcha qarindosh-urug’lar, do’stlar bilan birgalikda nishonlanadi. Hyech kim, hyech qachon bir  muddat yashab, keyin ajrashish uchun oila qurmaydi.  Oila degan ulug’ dargoh katta maqsadlar, orzu-umidlar ustiga quriladi.

Oila qurish inson zimmasiga o’ziga xos burch va mas'uliyatlar ham yuklaydi. Eng avvalo, har bir inson o’z oilasini muqaddas bilib, uni asrashi, avaylashi, ardoqlashi lozim. Shunda oilalarimiz mustahkam bo’ladi. Oilalari mustahkam jamiyat barqaror rivojlanadi, gullab-yashnaydi. 

Ming afsuski, bugungi kunda arzimas sabablar tufayli ayrim oilalarning parokanda bo’layotganligi, hatto, buzilib ketayotganligidan ham ko’z yuma olmaymiz.  Ming afsuslar bo’lsinkim keyingi paytlarda arzimagan sabablarga ko’ra ajrashib ketayotgan oilalar soni ortib bormoqda.

Xususan, fuqarolik ishlari bo’yicha Marg’ilon tumanlararo sudining             qaroriga ko’ra qarzdor I. Yo’ldashevdan M. Yo’ldasheva foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minoti uchun ¼ qism miqdorida aliment undirilishi kerak edi. Ushbu ijro hujjati yuzasidan ijro harakatlari olib borilib, proflaktik suhbatlar davomida qarzdor I. Yo’ldashevdan 3.953.000 so’m aliment pullari undirilib, M. Yo’ldashevaga tilxat orqali topshirildi.

borilgan profilaktik suhbatlar natijasida mazkur oila yarashtirildi. Ijro hujjati O’zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi Qonunining 40-moddasiga asosan tamomlanib, M. Yo’ldashevaga qaytarib berildi.

U. Meliyev,

Majburiy ijro byurosi Qo’shtepa tumani bo’limi

bo’lim boshlig’i o’rinbosari.