Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

PILLAKORLAR G’AYRATI

×

 2020-05-20 10:14:06    221

PDF yuklash
Chop etish


Xalqimizda nishona hosil barakali bo’lsa, yil omadli keladi, muvaffaqiyatlar izidan muvaffaqiyat kelaveradi, degan gap bor. Darhaqiqat, bu yillar davomida isbotlangan.

Qo’shtepalik pillakorlarning zahmatli mehnati tufayli bu yilgi hosil barakali bo’ldi. Pillakorlar pandemiya sharoitida ham karantin qoidalariga amal qilgan holda sara pilla hosili yetishtirdilar.

Joriy yilda tuman mehnatkashlari 1850 quti ipak qurti parvarishi bilan shug’ullanishdi. 1270 dan ortiq aholi mavsumiy ishlarga jalb etildi. Mavsum davomida pillakorlarga tuman “Agropilla” mas'uliyati cheklangan jamiyatining mutaxassislari tomonidan maslahat va amaliy yordam berildi. Barg ta'minoti nazoratga olindi. Qurtxonalardagi iqlim mo’'tadilligiga erishilishi natijasida mo’l va sifatli hosil yetishtirildi.

Ayni kunlarda pillakorlar pilla hosilini yig’ishtirishga astoydil  kirishdilar. Tuman hokimi I. Novikov va sektor rahbarlari ham pillakorlar bilan uchrashib, davlatga topshirilayotgan hosil sifati bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Pillakorlarning sidqidildan qilingan mehnatlari barakali bo’lmoqda. Ular bir tomondan bir oy ichida mo’maygina daromad olsalar, ikkinchi tomondan yillik mehnat ish stajiga ham ega bo’lmoqdalar.

Pilla mavsumida mahallalardagi ijtimoiy nochor oilalar, ishsiz fuqarolar kasanachilik asosida ipak qurti boqish ishlariga jalb etildi. Bu ish usuli ehtiyojmand oilalarga har jihatdan foyda keltirib oila farovonligini ta'minlamoqda. Yetishtirilgan mahsulotga tarozining ustida, ya'ni birdaniga hisob-kitob qilinmoqda.

Bugun Qo’shtepa tumanida pilla terish va davlatga topshirish ishlari qizg’in davom etmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati