Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT - DINIMIZ SHIORI

×

 2020-05-18 12:45:59    1368

PDF yuklash
Chop etish


Jaholat va johillikning davosi - bir qancha bo’lib, ulardan eng asosiysi - kitob o’qishdir. Darhaqiqat, kitob o’qish qalb chigalliklarini yozadi, ko’ngilga huzur bag’ishlaydi, jaholatga barham beradi, turli-tuman vasvasalarni kishi ongidan quvib chiqaradi. Kitob - hayotning qorong’u yo’llarini yoritib boruvchi chiroqdir! Ko’p kitob o’qiydigan inson hayotda ulkan muvaffaqiyatlarga erishadi. Dunyoda ham, oxiratda ham insonga ilmdan ko’ra ko’proq foyda keltiradigan narsa yo’q! Shuningdek, jaholatdan ko’ra zararliroq narsa ham yo’q!

Mashhur sahoba hazrati Ali karramallohu vajhahu shunday deganlar:

ya'ni: “Insonlarning eng qadri ozi - ilmi ozidir”.

Ilmsizlik, jaholat insoniyatni tubanlikka, halokatga olib borishi muqarrar. Insonlar ilm orqali Parvardigorlarini taniydilar. Dunyo va oxiratlarini ilm bilan obod qiladilar.

Ma'lumki, dinimiz - ilm va ma'rifat dini. Ilm talab qilishni fazilati haqida ko’plab oyat va hadislar mavjud.

Anas ibn Molik roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar:

«Ilm izlash - har bir musulmonga farzdir» (Imom Ibn Moja rivoyati).

Bu hadisi sharifni puxta o’rgangan ulamolarimiz undan quyidagilarni chiqarganlar:

Ilm ikki qismga bo’linadi: Farzi a'yn va farzi kifoya.

Farzi ayn. Har bir balog’at yoshiga yetib, aqli raso bo’lgan inson qaysi soha yoki kasb sohibi bo’lsa ham, o’z sohasining ilmini puxta o’rganishi farzi ayndir. Shuningdek, har bir musulmon kishi zimmasiga farz bo’lgan ibodatlarni shariatga muvofiq darajada bajarishi uchun zarur bo’ladigan ilmlarni o’rganishi ham farzi ayn bo’ladi. Masalan, namoz ibodati ichida farz, vojib, sunnat, mustahab, harom va makruh amallari bor. Mana shu amallarni bir-biridan ajrata oladigan kishi namozni to’g’ri ado qiladi. Aks holda namoz o’qish asnosida kamchilikka yo’l qo’yishi mumkin.

Shuningdek, masalan, kishi savdogar bo’lsa, unga qachon oldi-sottisi shariatga muvofiq bo’ladi va qachon muvofiq bo’lmaydi kabi savdo-sotiqqa tegishli ilmlarni bilishi farz bo’ladi. Agar kishi zimmasidagi farzi ayn bo’lgan ilmlarni o’rganmasa bajarayotgan ishi yoki ado etayotgan ibodati to’g’ri bo’lmay, xatoga yo’l qo’yadi. Natijada gunohkor bo’ladi.

Farzi kifoya. Musulmonlar jamiyatining ehtiyoji uchun zarur bo’lgan ilm - farzi kifoyadir. Musulmonlarning bir qismi uni o’rganishi bilan boshqalarning zimmasidan soqit bo’ladi. Agar hyech kim o’rganmasa, hamma birdek gunohkor bo’ladi.

Ulamolarning fikrlaricha, jamiyatda qaysi sohaga ehtiyoj sezilsa, o’sha sohaga bo’lgan ehtiyojni qondiradigan darajada ilmlarni o’rganish farzi kifoya hisoblanadi. Agar jamiyatda bir sohada yoki biror fan bo’yicha mutaxassis olim yetishmasa va bunga harakat qilinmasa, shu jamiyat odamlarining barchasi gunohkor bo’ladilar. Sababi - har bir sohada mutaxassislar bo’lishi shart.

Kishi jaholatdan qutilish maqsadida ilm talab qilishi uchun albatta yosh bo’lishi shart emas, balki qaysi yoshda bo’lishidan qat'iy nazar, ilmli bo’lishga harakat qilish kerak.

Ilmsizlik va jaholat - jamiyatimizning eng katta dushmani, ayni paytda jamiyat uchun - katta ofatdir. Islom dini ilm-marifatga targ’ib etib, olamni nurga to’ldirishidan oldingi davrni bejizga johiliyat davri deb atalmagan. Yillab davom etadigan urushlar, qon to’kishlar, boy-badavlat kishilar tomonidan faqiru muhtojlarning mudom ezilishi, sudxo’rlik, zinokorlik, haromxo’rlikning avjiga chiqishi, budparastlik, otashparastlikning muqaddaslashtirilishi ayni johiliyat davrining eng ko’zga ko’ringan jihatlari edi. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ana shunday hayot kechirayotgan kishilarni ilmu ma'rifat bilan bir ota-onadan tug’ilgan birodarlardek ahil va inoq kishilarga aylanishlariga sabab bo’ldilar. Natijada, ilm-fan va madaniyatda butun dunyoga o’rnak va ustoz bo’ladigan avlodlar yetishib chiqdi. Xususan, Movarounnahrdan yetishib chiqqan ilm-fanning barcha sohasida peshqadam bo’lgan ulug’ allomalar hozirgi zamon avlodlari bo’lmish - bizlarning faxru iftixorimiz sanaladilar.

Ming afsuslar bo’lsinki, hozirgi kunimizda ham ilm-marifatni qo’yib, jaholat yo’lini tutgan kimsalar ham yo’q emas. Ma'rifat dini bo’lmish Islom dinidan g’arazli maqsadlar yo’lida foydalanayotgan kuchlar ilmsiz yoshlarni yo’ldan urib, jaholat girdobiga tortayotgani sir emas. Minglab yoshlar turli oqimlarning ta'siriga tushib, ana shunday jaholat qurboniga aylangani ham barchaga ma'lum. Shuning uchun yoshlarni ilm olishga undash, kitob o’qishga targ’ib etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan bo’lib qolmoqda.

A. Orifxo’jayev,

“Muborak” jome masjidi noib imomi.