Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARI EKSPORT QILINMOQDA

×

 2020-05-18 12:24:51    107

PDF yuklash
Chop etish


Muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan eksport qilish tartib-tamoyillarini soddalashtirish, eksportyor korxonalarni har tomonlama qo’llab quvvatlash va imtiyozlar berish borasida qabul qilgan Farmon va qarorlari asosida eksportga mahsulot chiqarish, shuningdek, eksport geografiyasini kengaytirishga keng yo’l ochib bermoqda.

Ushbu Farmon va qarorlarga asosan Qo’shtepa tumanida juda katta chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ijrosi ta'minlanmoqda. Qo’shtepa tumani asosan qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan bo’lib, tabiiyki eksportning asosiy ulushini ham qishloq xo’jaligi mahsulotlari tashkil etadi. Bugungi kunga qadar tuman bo’yicha jami 4261 tonnadan ortiq qishloq xo’jaligi mahsulotlaridan karam, sabzi, piyoz va gilos mahsulotlari eksport qilinib, jami qiymati 2 mln 553 ming 400 AQSh dollari miqdorida valyuta tushumlari amalga oshirildi. Xususan ushbu mahsulotlar Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston davlatlariga eksport qilinmoqda.

Hozirgi pandemiya sharoitida aholi bandligi hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash iqtisodiyotimizning rivojiga hissa qo’shuvchi asosiy omillardan biridir. Hududlarda tashkil etilayotgan investitsion loyihalar ishsiz bo’lgan aholi qatlamini doimiy mehnat faoliyati bilan shug’ullanishini ta'minlamoqda. Shu bilan bir qatorda yurtimizda tadbirkorlikka keng yo’l ochib berilishi, qulay investitsion muhit yaratilishi natijasida yangi ish o’rinlari tashkil etilyapti.

"TRADEULTRA" Mas'uliyati cheklangan jamiyat eksportyor korxonasi tomonidan Rossiya davlatiga qiymati 272 ming 100 AQSh dollari miqdorida 102.7 tonna o’rik va gilos mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. 

"GOLDEN TREE QO'SHTEPA" mas'uliyati cheklangan jamiyat eksportyor korxonasi tomonidan esa MDX davlatlariga qiymati 533 ming 500 AQSh dollari miqdorida 691.4 tonna karam, piyoz va gilos mahsulotlari eksport qilindi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati