Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

UMUMBASHARIY IMTIHON

×

 2020-05-16 12:22:49    124

PDF yuklash
Chop etish


TILANMOQQA ODATLANGAN FAQIRLIKDAN QUTILMAYDI

Koronavirus pandemiyasi bugun butun dunyoni imtihon qilmoqda. Bu sinovdan biron-bir yurt yoki xalq chetda qololmayotgan bo’lsa, ushbu ofat keltirib chiqarayotgan muammolar bamisoli barchamizning insoniy tuyg’ularimiz nechog’lik xolis ekanini tekshirib ko’rmoqda. Chin insonning mohiyatini belgilaydigan ezgu fazilatlar - ilmu hikmat, sabru qanoat, mehru muruvvat, xayru saxovat, vazminligu bardoshlilik, tadbirkorligu bag’rikenglik va hayotimizning ma'naviy ustunlari bo’lmish boshqa go’zal sifatlar ayni kunlarda alohida ahamiyat kasb etgani shubhasiz. Yaratganga beadad shukurlar bo’lsinki, U xalqimizni bunday ulug’ xislatlarga boy qilib qo’ygan.

Barchamizning boshimizga kelgan bu musibat bizni imtihon qilib turgan ekan,  qo’limizdan kelgan yaxshilik bilan xalqimiz dardiga darmon bo’lishlikni Alloh taolo hammamizga nasib qilsin. Bir-biriga yaxshilik ko’rsatayotgan, ko’mak berayotgan insonlardan Alloh taolo rozi bo’lsin.

Afsus bilan shuni ta'kidlashim kerakki, qilinayotgan yaxshiliklar, saxovatlarga javoban xatto tashakkur bildirishni bilmaydigan insonlar ham bor oramizda. Abdurrahmon ibn Avf roziyallohu anhu Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan shunday rivoyat qilgan:

«Uch xususda hyech shubha qilmasdan qasamyod etaman:

1. Sadaqa berish va xayrga sarf etish bilan mol kamaymaydi. Balki ortadi, ko’payadi.

2. Bir kishiga yomonlik qilinsa, yomonlik ko’rgan uni kechirsa, Alloh qiyomat kunida o’sha kechirgan qulini mahshar xalqi havas qiladigan bir kishiga aylantiradi.

3. Tilanmoqqa odatlangan faqirlikdan qutilmaydi.

Saxovatli insonlar bilan xalqimizni qiyinchiliklariga sherik bo’lish, ularga yordam berish uchun xonadonlariga kirgan chog’imizda, duch kelayogan xolatlarning qay birini aytishga ham hayronsan kishi. Biri  “Menda yeyishga narsa yo’q” desa, ikkinchisi “Boqayotgan itimga yemish keltirib beringlar” deydi. Uyida 3-4 tadan chorva hayvonlari, avto ulovlari bo’la turib, biz kam ta'minlangan oilalarmiz deydiganlarniku gapirmasa ham bo’ladi. Aslida bu qilinayotgan iddaolar yaratganga noshukurlik va ta'magirlikka kirib qolmasmikin?! Payg’ambarmiz  ( sav ) o’z hadisi shariflarida haqiyqiy mo’min qanday bo’lishi kerakligi haqida ta'lim berganlar. Abu Hurayra r.a. rivoyat qiladilar: “Rosululloh s.a.v bir quchoq o’tin terib bozorga orqalab olib borib, sotib tirikchilik qilgan odam tilanchilik birlan qo’l cho’zib kun ko’rgan odamdan avzal”- dedilar.

Dinimizda eng katta qarashlardan biri shuki, muammo bor ekan, albatta, uning yechimi ham bo’ladi. Dardni yaratgan Zot davo choralarini  ham chiqarib qo’ygan, kasal qilgan Zot davolashga ham qodirdir. Kasallik ham, davosi ham taqdirdan. Shu o’rinda Hazrati Umar roziyallohu anhu bilan bo’lib o’tgan bir voqyeani keltirish ayni muddao bo’ladi. U zot Shomda vabo tarqalgani tufayli u tomon boshlangan safarlarini bekor qiladilar va boshqalarni ham qaytaradilar. Hazrat Umar roziyallohu anhuga “Allohning taqdiridan qochamizmi, ey mo’minlar amiri?” deyishganida “Ha, Allohning taqdiridan Allohning taqdiriga qochamiz” deb javob beradilar .

Kambag’llik bir dard ekan, lekin Alloh uning davo choralarini ham belgilab qo’ygan. Yo’qchilik Allohning taqdiri, undan qutilish uchun harakat qilish ham Allohning taqidiri bilan bo’ladi. Qismatiga bitilgan ochlikni qismatidagi taom bilan ketkazishlik, peshonasiga bitilgan chanqoqlikni, peshonasiga bitilgan ichimlik bilan qondirish kerak. Xulosa qilib  Alloh taolodan so’raymizki, barchamizni xalqimiz koriga yaraydigan, xalqqa, millatga manfa'ati tegadiganlardan qilsin. Yaratganning o’zi  barchamizga kambag’allikdan, noshukurlik va birovni qo’liga qarab qolishlikdan  panoh bersin. Xalqimiz va butun xalqlarni  boshiga kelgan bu kasallikni Xaq taolo o’zi ko’tarsin, yurtimiz tinch osmonimiz musaffo bo’lsin!

Q. Mamasaidov,

“Sulaymonbek hoji” jome masjidi imom xatibi.