Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RAMAZON SABOQLARI: RAMAZON OYI - SAXOVAT OYI

×

 2020-05-15 14:49:02    119

PDF yuklash
Chop etish


Ramazon oyi xayr-saxovat oyidir. Ko’pchiligimiz zimmamizda farz bo’lgan moliyaviy ibodat - zakot ibodatini ham Ramazon oyida ado qilishga harakat qilamiz. Lekin bu ulug’ oyda xayr-saxovat ko’rsatishda zakotning o’zi bilan cheklanib qolmasligimiz lozim. Chunki zakot majburiy ibodatdir. Uni ado qilsak, zimmamizdagi majburiyatni ado qilgan bo’lamiz xolos. Alloh taologa suyukli bo’lish uchun esa majburiyatdan tashqari nafl ehsonlar ham qilishimiz lozim bo’ladi.

Mol-mulkimiz Alloh taoloning omonati bo’lib, uning haqiqiy egasi ham Alloh taoloning O’zidir. Shuning uchun Qur'oni karimda Alloh taolo O’z bandalarini ehson qilishga buyurganida “Biz bergan moldan ehson qilinglar” deb, bizning qo’limizdagi mol-mulkning haqiqiy egasi O’zi ekanini bildirib qo’ygan. Quyidagi oyatlar shunga dalolat qiladi:

“U sizlarni xalifa (o’rinbosar) qilib qo’ygan narsalardan (boyliklardan) ehson qilinglar!” (Hadid surasi, 7-oyat)

“Allohning sizlarga ato etgan molidan ularga beringiz!” (Nur surasi, 33-oyat)

“Biz rizq qilib bergan narsalardan ehson qilurlar” (Baqara surasi, 3-oyat)

Ehson qilganlarga Alloh taolo uning o’rnini to’ldirib berishni va'da qilgan: “Biror narsani ehson qilsangiz, U (Alloh) uning o’rnini to’ldirur. U rizqlantiruvchilarning yaxshisidir”. (Saba’ surasi, 39-oyat)

Quyidagi oyatda esa Alloh taolo ehson qilganlarga ko’paytirib berishni va'da qilgan:

“Allohning yo’lida mollarini ehson qiluvchilar (savobi)ning misoli go’yo bir donga o’xshaydiki, u har bir boshog’ida yuztadan doni bo’lgan yetti boshoqni undirib chiqaradi. Alloh kimga xohlasa, (savobini) yanada ko’paytirib beradi. Alloh (karami) keng va (barcha narsani) biluvchidir” Baqara surasi, 261-oyat)

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Bandalar tong ottirgan kun borki, unda ikki farishta tushib, ulardan biri: “Ey Alloh!, infoq qilgan kishiga evaz bergin, deydi. Ikkinchisi esa: “Ey Alloh!, xasisga talofat bergin”, dedi”, dedilar. Imom Buxoriy rivoyat qilgan.

Abduxoshim Axmadaliyev,

Qo’shtepa tumani Bosh imom xatibi.