Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“QORA DORI - 2020”

×

 2020-05-15 13:36:14    289

PDF yuklash
Chop etish


Narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishda giyohvand moddalar savdosi bilan shug’ullanuvchi transmilliy guruhlarni aniqlash, ularning noqonuniy faoliyatiga chek qo’yish, kontrabanda yo’llarini to’sish, giyohvand o’simliklar ekilishini va narkomaniya yoyilishining oldini olish borasida maxsus kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda keng qamrovli “Qora dori - 2020” tadbiri Qo’shtepa tumani IIB JQB hamda XPB xodimlari tomonidan ham hamkorlikda izchil davom ettirilmoqda.

Joriy yil 2 may kuni o’tkazilgan “Qora dori-2020” tadbirining birinchi bosqichi davomida Yo’ldoshobod mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi O. Q.ning tomorqasi ko’zdan kechirilganida pomidor, tok va gul ko’chatlari orasida va uch dona paqirchalarda  jami 40 (qirq) tup nasha o’simligiga o’xshash va ekin maydoni chetlarida 6 (olti) tup ko’knor o’simligiga o’xshash o’simliklarni parvarishlab kelayotganligi aniqlandi. Ushbu o’simliklardan daliliy ashyo tariqasida olinib, qolgan qismi o’t qo’yish yo’li bilan yo’q qilindi.

5 may kuni o’tkazilgan tadbir davomida G’ishtmon mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi U. R.ning tomorqasi ko’zdan kechirilganida, ekinlar orasida 40 (qirq) tup ko’knor o’simligiga o’xshash o’simliklarni parvarishlab kelayotganligi aniqlandi.

7 may kuni o’tkazilgan tadbir davomida esa Qumtepa mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi T. R.ning tomorqasidagi tok ko’chatlari orasidan 5 (besh) tup ko’knor o’simligiga o’xshash o’simlik topildi. Ushbu mahallada yashovchi T. M. ham o’z tomorqasidagi tok ko’chatlari orasida 15 (o’n besh) tup ko’knor o’simligiga o’xshash o’simliklarni parvarishlab kelayotganligi aniqlandi.

13 may kuni o’tkazilgan “Qoradori-2020” tadbiri davomida Shodlik mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi K. Sh. tomorqasidagi shaftoli ko’chatlari orasida 265 (ikki yuz oltmish besh) tup ko’knor o’simligiga o’xshash o’simliklarni parvarishlab kelayotganligi aniqlandi.

Yuqorida aniqlangan har bir holat bo’yicha o’simliklardan daliliy ashyo tariqasida namunalar olinib, qolgan qismi esa o’t qo’yish yo’li bilan yo’q qilindi. Xozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

«Qora dori-2020» tadbiri shu kunlarda ham Qo’shtepa tumani IIB xodimlari tomonidan izchil davom ettirilmoqda. Qora ish, ya'ni inson hayotiga xavf tug’diruvchi giyohvandlik vositalarini yetishtirayotgan va bunday moddalar bilan savdo qilishni “orzu” qilgan kimsalar esa qonun oldida javob beradi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati