Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TASHAKKURNOMA

×

 2020-05-15 11:43:27    346

PDF yuklash
Chop etish


   HURMATLI SHUHRAT MADAMINOVICH!

Sizga va Siz orqali butun Farg’ona xalqiga 27 aprel kuni kuzatilgan kuchli shamol va yog’ingarchilik tufayli Buxoroning tabiiy ofatdan zarar ko’rgan hududlariga jo’natilgan eng zarur qurilish materiallari va oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat gumanitar yordam uchun tashakkur izhor qilaman.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi keskin kurash kechayotgan bugungidek og’ir sharoitda ko’rsatilgan ushbu yordam tabiiy ofatdan zarar ko’rgan fuqarolarimiz duch kelgan qiyinchiliklarga butun xalqimiz yelka tutayotganini yaqqol namoyon etib, birdamlik hissini yanada oshirmoqda. Biz shunday murakkab vaziyatda “Do’st kulfatda bilinadi”, degan hikmatni yanada teranroq his etmoqdamiz.

Buxoroliklarning samimiy duolari bilan Sizni va farg’onaliklarni Yaratganning o’zi doimo panohida asrasin!

Cheksiz ehtirom bilan,

K. Kamolov,

Buxoro viloyati hokimi.