Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“15 - MAY XALQARO OILA KUNI”

×

 2020-05-14 09:32:45    124

PDF yuklash
Chop etish


15 - MAY XALQARO OILA KUNI

MUNOSABATI BILAN INSHOLAR TANLOVI O’TKAZILDI

Oila jamiyatimizning boshlang’ich bo’g’ini, elimizning go’zal urf-odatlari va qadriyatlarini o’zida asrovchi muqaddas mo’'jaz maskan. Ezguliklar oiladan boshlanadi, undan mahallaga ko’chadi, jamiyatga kirib boradi.

Pandemiya sharoitida karantin qoidalariga amal qilgan holda “15 - may Xalqaro oila kuni” munosabati bilan Qo’shtepa tumani mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi tomonidan "Oila muqaddas dargoh" mavzusida insholar tanlovi e'lon qilindi. Tanlovda mahallalar kesimida xotin-qizlar ishtirok etishdi. Kuni kecha «Soy bo’yi» va «Yangi do’kon» mahalla fuqarolar yig’inida ushbu tanlovning birinchi bosqichi yakunlandi. Tanlovning g’oliblari aniqlanib, ularga faxriy yorliqlar va homiylarning esdalik sovg’alari topshirildi.

«Sarmozor» mahalla fuqarolar yig’inida esa «Ibratli oila» nominatsiyasi bo’yicha g’olib deb topilgan 8 ta xonadon sohibalari fahriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati