Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KARANTIN QOIDALARIGA AMAL QILGAN HOLDA FAOLIYAT OLIB BORILMOQDA

×

 2020-05-13 15:13:57    107

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida e'lon qilingan karantin sabab ko’pgina korxonalarda ishlar susaydi. Ammo iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, aholi real daromadlarini oshirish hamda ehtiyojni qondirish uchun ishlab chiqarish jarayonlari davom etishi kerak. Shu maqsadda davlatimiz rahbari tomonidan o’tkazilgan videoselektor yig’ilishlarida karantin davrida ham belgilangan tibbiy tavsiyalarga amal qilgan holda yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini davom ettirishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Xo’sh, bugungi kunda Qo’shtepa tumanidagi sanoat korxonalarining faoliyati qay darajada?

Tumanda 223 ta sanoat korxonalari mavjud bo’lib, karantin davrida 96 ta sub'yekt faoliyati vaqtincha to’xtab qolgan edi. To’xtab qolgan sanoat korxonalaridagi muammolar tuman hokimi I. Novikov va sektor rahbarlari tomonidan o’rganildi. Bugungi kunda ko’rsatilgan yordam hisobiga 96 ta sanoat korxonalari faoliyati tiklanishiga erishildi.

- Karantin davrida ham korxonalar faoliyatini davom ettirishlari uchun zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda, - deydi tuman hokimligi iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo’yicha bosh mutaxassisi Sh. Rahmonov - Sanoat korxonalarini imkon qadar to’liq quvvatda, sanitariya qoidalariga amal qilib ishlashini ta'minlash, kerakli yordamlar ko’rsatish maqsadida ishchi guruhlar va maxsus shtab tashkil etilgan. Tadbirkorlarning muammolari bo’yicha kunlik axborot almashuv tizimi yo’lga qo’yilgan. Natijada ayrim sabablarga ko’ra  ishlab chiqarish faoliyati vaqtincha to’xtab qolgan 96 ta sanoat korxonalari aniqlandi. Ularga yaqindan ko’mak berildi va barchasining faoliyati qayta tiklandi.

Qo’shtepa tumanida ro’yxatdan o’tgan “BEST STEDIUM” mas'uliyati cheklangan jamiyatning faoliyati ham vaqtincha to’xtab qolgan edi. Sun'iy qoplamali sport maydonlari uchun mahsulot tikish faoliyati bilan shug’ullanuvchi jamiyatda 5 nafar ishchi xodim faoliyat ko’rsatadi. Karantin davrida ushbu jamiyat ham vaqtincha ish faoliyatini to’xtatgan edi. Ularning muammolari o’rganilib, bartaraf etilishi natijasida faoliyati qayta tiklandi hamda aprel oyi uchun mahsulot realizatsiyasidan 24,0 mln so’m byudjetga aylanma mablag’ xisobidan soliq to’landi.

“Sharq Ravon” mas'uliyati cheklangan jamiyat turli yoshli odamlarga mavsumiy oyoq kiyimlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanadi. Jamiyatda 72 nafar ishchi xodim ish bilan ta'minlangan. Jamiyatning asosiy ishchi xodimlari qo’shni tuman va shaharlardan qatnab ishlaganliklari tufayli karantin davrida ishchi xodimlarni ishxonaga olib kelishda muammolar vujudga kelgan. Ushbu muammo ham bartaraf etilib, 72 nafar ishchi xodimning ish o’rni saqlab qolindi. Hozirda ularning karantin qoidalariga amal qilgan holda faoliyat olib borishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

Pandemiya davrida tumandagi 453 ta kichik biznes sub'yektlaridan 219 tasi faoliyatini vaqtincha to’xtatgan, ko’rsatilgan amaliy yordamlar natijasida 165 ta korxonaning faoliyati tiklanib, ishchilar o’z ishlariga qaytdilar. Bu korxonalarda ham karantin qoidalariga amal qilgan holda faoliyat olib borish uchun barcha sharoit yaratilgan.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati