Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“OILA MUQADDAS”

×

 2020-05-13 12:50:29    118

PDF yuklash
Chop etish


OILAVIY AJRIMLARNING OLDI OLINMOQDA

Qo’shtepa tumanida oilaviy ajrimlarni oldini olish maqsadida barcha mahalla fuqarolar yig’inlarida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar o’rganilmoqda. Pandemiya sharoitida karantin qoidalariga amal qilgan holda notinch oilalardagi muammo va nizolar o’rganilib, ajrashish yoqasida turgan oilalar yarashtirilmoqda.

Qo’shtepa tumani mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’ining o’rinbosari B. Mo’minova, tuman bosh imom xatibi A. Axmadaliyev, profilaktika inspektorlari, mahalla faollari ishtirokida oilani mustahkamlash va ajrimlarni oldini olish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

- Oilalar manfaatini himoya qilish, oilalarni qiynayotgan muammo va nizolarni bartaraf etish, ayniqsa, ajrimlarning oldini olish masalasiga davlat darajasida alohida e'tibor qaratilayotgani bejizga emas, - deydi mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’ining o’rinbosari B. Mo’minova. - Asosiy maqsadimiz ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish. Begunoh, norasida go’daklarni tirik yetim qilmaslik, guldek oilalarni parokanda bo’lib ketishiga yo’l qo’ymaslikdan iboratdir.

Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar o’z samarasini bermoqda va muammolarni o’rganish chog’ida ajrim yoqasida turgan nizoli oilalarning buzilib ketishining oldi olinmoqda.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati