Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPADA PILLA HOSILINING ChO’G’I BALAND

×

 2020-05-11 15:32:36    120

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepaliklarning pilla yetishtirish borasidagi tajribasi pandemiya sharoitida ham qo’l keldi. Ular karantin qoidalariga amal qilgan holda sara pilla hosili yetishtirdilar.

Joriy mavsumda tumanda 1850 quti ipak qurti urug’lari parvarishlandi. Bu 102 tonnadan ziyod “kumush tola” yetishtirish imkoniyatini beradi. Shu maqsadda 259 ta fermer xo’jaligi, 132 ta kasanachi bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomalari imzolandi, 1270 dan ortiq aholi mavsumiy ishlarga jalb etildi.

Bugun tumanda pillaning ilk hosilini yig’ishtirishga kirishildi. Shu munosabat bilan tuman hokimi I. Novikov va mutasaddi idora xodimlari pilla yig’ishtirilayotgan xonadonlarda bo’ldi. Pillakorlar bilan uchrashib, topshirilayotgan hosil sifati bilan yaqindan tanishib, bu yilgi pilla mavsumini boshlab berdi.  Pillachilikda yaxshi natijalarni qo’lga kiritgan pillakorlarga tuman hokimi esdalik sovg’alari topshirdi.

“Qorajiyda” mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Qo’zixon Abduqodirova pilla yetishtirish hadisini olgan. U ipak qurti parvarishlash, oziqlantirishda o’ziga xos tajribaga ega. Shu bois hosilni terib olishga birinchilardan bo’lib kirishdi. Sidqidildan qilingan mehnat barakali bo’ldi. U bir quti qurt urug’ini parvarishlab, mo’l hosilni yig’ishtirib oldi. Xonadon bekasi bir oy ichida mo’maygina daromad oldi hamda yillik mehnat ish stajiga ega bo’ldi.

Aholi bandligini ta'minlash, farovonligini oshirishda pillachilik alohida ahamiyat kasb etmoqda. Pilla mavsumida mahallalardagi ijtimoiy nochor oilalar, ishsiz fuqarolar kasanachilik asosida ipak qurti boqish ishlariga jalb etildi. Bu ish usuli ehtiyojmand oilalarga har jihatdan foyda keltirib oila farovonligini ta'minlamoqda. Yetishtirilgan mahsulotga tarozining ustida, ya'ni birdaniga hisob-kitob qilinmoqda, pillakor yillik ish stajiga ega bo’lyapti. Dastlabki pilla xirmonlarining salmog’i esa chakki emas.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati