Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FRONT ORTIDA JASORAT VA MATONAT KO’RSATGANLAR

×

 2020-05-11 11:24:01    255

PDF yuklash
Chop etish


Ikkinchi jahon urushidan aziyat chekmagan oila yo’q. Haligacha bu urushning jarohati qalblarni o’rtaydi. Ko’p millatli O’zbekiston xalqi butun taraqqiyparvar insoniyat qatori 1941-1945 yillardagi urushda faol ishtirok etib, fashizm ustidan qozonilgan buyuk G’alabaga munosib hissa qo’shdi.

O’sha davrlarda frontdagilar ona vatan uchun qon kechgan bo’lsalar front ortidagilar ham chinakam fidoyilik ko’rsatdilar. Zavod va fabrikalarda ayollar va bolalar, keksalar va nogironlar mehnat qilib, front uchun qurol-yarog’, kiyim-kechak hamda boshqa mahsulotlar yetkazib berdi. G’alla yetishtirib, o’zi non yemasa ham frontga jo’natdi, bog’lardagi sarxil mevalar birinchi navbatda janggohlarga yuborildi. Bir so’z bilan aytganda, front ortida qolgan xalqimiz ham jangda qon kechgandek jasorat va matonat ko’rsatdi.

El-yurtimizning urush yillarida ko’rsatgan mardlik va qahramonligi biz uchun ulkan jasorat maktabi, g’urur-iftixor manbai bo’lib, vaqt o’tgani sayin bu o’lmas qadriyatlarning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan ajdodlarimiz xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirilib, fashizmga qarshi janglarda, mehnat frontida jonbozlik ko’rsatgan faxriylarimizga alohida e'tibor va ehtirom ko’rsatish yurtimizda olijanob an'anaga aylangan.

Prezidentimiz farmoniga ko’ra, bu yil Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida mehnat qilgan faxriylarimiz “Ikkinchi jahon urushidagi G’alabaning 75 yilligi” esdalik yubiley medali bilan taqdirlandilar.

Qo’shtepa tumani  Xo’ja qishloq mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Usmonali ota Turg’unov,

Qiyqi mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Abdullajon ota Alyarov

“Ikkinchi jahon urushidagi G’alabaning 75 yilligi” hamda Rossiya Federatsiyasining “75 let Pobedo‘ v velikoy Otechestvennoy voyne 1941-1945gg.” yubiley medallari bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, ularga tuman hokimligining tuhfalari ham topshirildi.

Bugun biz barcha qo’shtepaliklar nomidan bu aziz insonlarni yubiley medallari bilan tabriklaymiz.

Qo’shtepa tumani hokimligi axborot xizmati