Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KORONAVIRUS TUFAYLI ISHSIZ QOLGANLAR HOKIM E'TIBORI MARKAZIDA

×

 2020-05-08 13:44:55    130

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizdagi vaqtinchalik karantin munosabati bilan Prezidentimizning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, har qarich yerdan samarali foydalanish bo’yicha amalga oshirayotgan siyosatlarini qo’llab-quvvatlagan holda, Qo’shtepa tumanida ham bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ha, bugungi qaltis vaziyatda tomorqadan unumli foydalanish har qachongidan ham muhim. Shundan kelib chiqib, tumanda oborotdan chiqib ketgan yer maydonlarini qayta oborotga kiritish bo’yicha agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimi I. Novikovning tashabbusi va sektor rahbarlarining say'-harakatlari bilan Do’stlik massivida joylashgan 135.0 gektar oborotdan chiqib ketgan yerlar fermer xo’jaliklari va klasterlar tomonidan o’zlashtirilimoqda. Ushbu yerlar shudgor qilinib poliz, sholi va boshqa qishloq xo’jaligi ekinlarini ekish uchun tayyorlanmoqda.

Ha, bugun qo’shtepalik barcha keksa-yu yosh yer bilan tillashmoqda. Bir necha yillardan buyon suvsiz, qarovsiz qolib ketgan bu yerlar qisqa fursatlar ichida o’zlashtirilmoqda. Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida tumandagi ishsiz fuqarolarning bandligi ta'minlanadi. Pandemiya sababli vaqtincha ishsiz qolgan va hyech qayerda ishlamaydigan fuqarolar va yoshlar endi bu yerlardan unumli foydalanib, ekin ekishadi. Zero bu tadbir tumandagi oilalarni hozirgi sinovli kunlarda ish bilan band qiladi va ular uchun iqtisodiy tirgak - dalda bo’ladi.

Ushbu yer maydonlarini oborotga kiritish uchun Davlat byudjetidan mablag’lar ajratildi. Bugungi kunda 1.5 km masofaga simyog’ochlar o’rnatilib elektor linyasi tortib kelinmoqda. 300 l/s nasos agregati o’rnatish uchun joy tayyorlanib, 1.5 km beton kanal qurish ishlari boshlandi. 

  Albatta, bu sa'y-harakatlar zamirida hukumatimiz tomonidan har qanday vaziyatda ham ishsizlar bandligini ta'minlash va shu bilan yurtdoshlarimiz turmush tarzini va farovonligini yanada oshirish singari maqsadlar yotibdi. Bugungi sinovli kunlarda ham Qo’shtepa tumanida bu borada amaliy ishlar tizimli ravishda davom etyapti. Bu esa istiqbolda xalqimiz osuda hayotga qaytganidan so’ng iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilash, eksport salohiyatini oshirish singari dolzarb masalalar ham hal etilishi ko’zda tutilayotganidan darak beradi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati