Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HECH BIR OILA E'TIBORDAN CHETDA EMAS

×

 2020-05-02 21:18:53    99

PDF yuklash
Chop etish


“Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasida Qo’shtepa tumanida kam ta'minlangan hamda ijtimoiy ko’makka muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish, aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda birlamchi vositalar bilan bepul ta'minlash bo’yicha xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu kabi ezgu amallarga tadbirkorlar, ishlab chiqarish korxonalari va fermerlar labbay deb javob berib, saxovat ishlariga munosib hissa qo’shishyapti.

Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi qoshida “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati homiylik mablag’lari markaziga xayriya va homiylik asosida taqdim etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari mahallalar kesimida shakllantirilayotgan ro’yxat bo’yicha kam ta'minlangan, ko’p farzandli, karantin sabab daromad manbasidan ajralgan, ishsiz, nogiron, boquvchisini yo’qotganlar va aholining boshqa yordamga muhtoj qatlamiga karantin talablariga qat'iy rioya etilgan holda yetkazib berilyapti.

Tuman hokimi I. Novikov tashabbusi bilan bugun yana sektorlar kesimida 26 ta ehtiyojmand oilaning holidan xabar olindi. Ularga un, yog’, guruch, makaron, tuxum, shakar, kartoshka kabi 12 turdagi mahsulot to’plamlari tarqatildi.

Tumanda homiy tashkilotlar va saxovatli tadbirkorlar taqdim etayotgan xayriya yordamlari miqdori kun sayin ortib bormoqda. Aholining ehtiyojmand qatlamini har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida olib borilayotgan bu kabi xayrli ishlar davom etmoqda. Zero, sinovli kunlarda hech bir oila e'tibordan chetda emas.

Bugun tuman hokimi I. Novikov 1-sektor hududidagi Qayrag’och, Qamishtepa, Istiqbol mahalla fuqarolar yig’inlarida bo’lib, karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolarning oilalarini o’rganish, ularga yordam berish choralarini ko’rish, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoitlarini ko’zdan kechirdi.

Tashrif davomida tuman hokimi mutasaddi idora rahbarlari bilan birgalikda bir nechta xonadonlarda istiqomat qilayotgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini va ularni qiynab kelayotgan muammolarni o’rgandilar.

I. Novikov tomonidan aholi tomorqalarining har bir qarich yeridan samarali foydalanish lozimligi va bu ishlarda xonadon egalariga yordam berishga doim tayyor ekanliklari ta'kidlandi. Qolaversa, karantin sabab vaqtincha ishsiz qolgan va hyech qayerda ishlamaydigan fuqarolarga tuman hokimi tomonidan ishga joylashga ko’maklashildi.

Tuman hokimi ushbu mahallalarda istiqomat qiluvchi yordamga muhtoj oilalarga tuman "Mahalla" hayriya jamoat fondi  qoshidagi "Saxovat va ko’mak" jamg’armasining 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi.          

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.