Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RADDIYA

×

 2020-05-01 00:42:09    150

PDF yuklash
Chop etish


Elmurod Ermatovning www.kun.uz saytining Telegram ijtimoiy tarmoqlaridagi 2020 yil 29 aprel kungi “Qo’shtepa hokimi tadbirkorni yengish uchun yana nimalar qilmoqda? Karantin vaqtidagi shoshilinch sud va hokimning noqonuniy qarori” nomli maqolasiga Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumani hokimligining

RADDIYASI

www.kun.uz rasmiy saytining muxbiri Elmurod Ermatovning “Qo’shtepa hokimi tadbirkorni yengish uchun yana nimalar qilmoqda? Karantin vaqtidagi shoshilinch sud va hokimning noqonuniy qarori” nomli maqolasida “Qo’shtepa tumani hokimi Oliy sudda yutqazganidan so’ng “Olimboy hoji” xo’jaligi rahbarini bu safar Marg’ilon tumanlararo iqtisodiy sudiga berib, fermer xo’jaligining shartnomaviy rejalarni bajarmayotgani uchun yer uchastkasining ijarasini bekor qilishni so’radi. Uning maqsadi, fermer xo’jaligining mavjud 57 gektar yerini tortib olish edi. “Olimboy hoji” fermer xo’jaligi naslli qoramollarni boqish uchun shu yerlarda yem-ozuqa yetishtirayotgan edi. Xo’jalik  tuman hokimligi tomonidan 150 bosh qoramolni boqish uchun yem-ozuqa yetishtirishga yer berilmaganidan so’ng, mavjud yer maydoniga g’alla va chorva uchun ozuqa bo’ladigan ekinlar ekkan. Axir nima qilsin?” deb yozadi.  

Maqoladagi holatlar asoslanmagan ma'lumotlarga tayanib, faqatgina bir tomonlama qarash bilan tayyorlangan.

Jumladan, “Olimboy hoji” fermer xo’jaligi tomonidan chet eldan olib kelingan 99 bosh naslli qoramollar uchun chorvachilik ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida qo’shimcha tuman hokimining 2018 yil 2 oktyabr kungi 1446-sonli qarori bilan tumandagi “Qumtepa-Qamishtepa” MMTP massivida joylashgan tuman zahirasidagi ball boniteti o’rtacha 43 ball bo’lgan jami 59,8 gektar, shundan 50.3 gektar ekin yeri uzoq muddatli ijara asosida ajratib berilgan.

Lekin, fermer xo’jaligi rahbari A.Qosimov tomonidan ushbu yerlarda giyox ham o’smasligi vaj qilinib, dehqonchilik qilib bo’lmasligi ta'kidlagan mazkur yer maydonlarida 2018 yilgacha ham paxta-g’alla va boshqa ekinlari yetishtirilgan bo’lib, ushbu yer maydoni sug’oriladigan yerlar hisobida turadi.

Agarda, ushbu yer maydonlari A.Qosimov tomonidan ta'kidlanganday bo’lsa xozirgi kunda ushbu yer maydonlarining 12,3 gektar qismiga boshoqli don ekilib parvarish qilayotganligi hamda 13,35 gektar qismiga sholi ekish uchun yer tayyorlanganligini qanday izoxlash mumkin.

Qo’shtepa tumani “T.Boboyev Yodgorali” MMTP hududida faoliyat olib borgan “Olimboy hoji” fermer xo’jaliga tuman hokimining 2011 yil 29 yanvar kungi 30-sonli qaroriga asosan jami 66.6 gektar, shundan 57.4 gektar yer maydoni paxta-g’allachilik yo’nalishida foydalanish uchun ajratilgan.

Mazkur yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi Qo’shtepa tuman yer resurslari va davlat  kadastri bo’limida 10.02.2011 yil kuni 01-16/08-sonli tartib raqami bilan ro’yxatdan o’tkazilgan.

“Olimboy xoji” fermer xo’jaligining 40.7 gektar ekin yer maydonlariga 2020 yil xosili uchun Qo’shtepa tumani hokimining 2019 yil 9 oktyabr kungi 4767-sonli qarori bilan boshoqli don ekinlari ekish rejalashtirilgan.

Qolgan 15,4 gektar yerga paxta ekish rejalashtirilgan bo’lsada, fermer xo’jaligi rahbari A.Qosimov tomonidan rejadagi paxta o’z vaqtida ekilmasdan o’rniga o’zboshimchalik bilan chorva xayvonlari uchun ozuqa sifatida roj ekini ekib olingan hamda davlatga g’alla sotish uchun “Farg’onadonmahsulotlari” AJ bilan kontraktatsiya shartnomasini tuzmagan.

Maqolada berilgan fotosuratlarda buzilishi ta'lab qilinganligi sifatida ko’rsatib o’tilgan boshoqli don maydoni chorva xayvonlari uchun ozuqa ekini sifatida agrotexnik talablarni bajarmagan xolda ekilgan roj maydoni bo’lib, aslida chigit ekish rejalashtirilganligi sababli maqolada ko’rsatilgan fotolavxa ushbu roj maydoniga to’g’ri kelmaydi.

Bundan tashqari, fermer xo’jaligi tomonidan oxirgi uch yil mobaynida agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida bajarmaganligi va yerga nisbatan mas'uliyatsizlik bilan qaraganligi sababli paxta-g’alla sotishda normativdagi kadastr bahosidan kam xosil olgan.

Fermer xo’jaligi rahbari A.Qosimovni yerdan maqsadli foydalanish to’g’risida bir necha marotaba ogoxlantirishga qaramasdan yer ijara shartnomasidagi majburiyatlarini qasddan bajarmay kelgan.

Xalq deputatlari Qo’shtepa tuman kengashining 23.10.2019 yil kungi 291/70-5-sonli qarori bilan fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashining 22.10.2019 yil kungi, tuman hokimligi xuzuridagi Yer berish (realizatsiya) komissiyasining 23.10.2019 yil kungi “Olimboy xoji” fermer xo’jaligi bilan tuman hokimligi o’rtasida tuzilgan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish haqida xulosalariga asosan Qo’shtepa tumani hokimining 2020 yil 27 fevral kuni 743/1-sonli Marg’ilon tumanlararo iqtisodiy sudiga yer ijara shartnomasini bekor qilish to’g’risida da'vo ariza kiritilgan.

Shuni aloxida ta'kidlash joizki “Olimboy xoji” fermer xo’jaligi raxbari A.Qosimov sud majlisida unga qo’yilgan ayblarni tan olib, qonunlarni mensimagan holda yerdan belgilangan maqsadda foydalanmasdan kelganligi dalil isbotlar bilan o’z tasdig’ini topdi.

Shu sababli, Marg’ilon tumanlararo iqtisodiy sudining 2020 yil 31 mart kungi 4-1504-22003/201-sonli qaroriga asosan Qo’shtepa tuman hokimligi va “Olimboy xoji” fermer xo’jaligi o’rtasida 2011 yil 3 yanvar kuni tuzilib, 10.02.2011 yil kungi 01-16/08-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan yer uchastkasining uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi bekor qilingan.

Tumanda 2020 yil xosili uchun chigit ekish ishlarini o’z muddatida va sifatli yakunlash, shuningdek, belgilangan agrotexnik tadbirlarni o’z muddatida ta'minlash uchun A.Qosimovning qastdan ushbu agrotexnika tadbirlarini kechiktirish maqsadida qilayotgan apellyatsiya shikoyatini asossizligini inobatga olib, “Olimboy xoji” fermer xo’jaligi yer maydonlari tuman zaxirasiga qaytarilib, belgilangan tartibda yerlar ochiq tanlov asosida “FERGANA GLOBAL TEXTILE” ma'suliyati cheklangan jamiyatiga ajratib berilgan.

kun.uz muxbiri E.Ermatov masalaga faqatgina bir tomonlama yondoshib, fermer xo’jaligi rahbari A.Qosimovning tuman hokimligi bilan paxtachilik-g’allachilik yo’nalishida yer ijara shartnomasi tuzilgan yer maydonlaridan o’zining shaxsiy manfaati uchun chorva hayvonlariga ozuqa yetishmasligini baxona qilib, 57,4 gektar ekin yer maydonidan 40,7 gektariga 2020 yil g’alla hosili uchun ekin ekib olib, “Farg’onadonmaxsulotlari” AJ bilan shartnoma qilmay kelayotganligiga e'tibor qaratmasdan kelmoqda.

Maqolada “Olimboy xoji” fermer xo’jaligi raxbari A.Qosimov tomonidan chorva xayvonlariga ozuqa ekinlari ekish uchun yer maydonlari yetishmasligi iddao qilinayotgan bir vaqtda ushbu fermer xo’jaligiga tutash joylashgan o’g’li O.Olimov raxbarligidagi “Muxammad Umar Olimov qoramoli” chorvachilik yo’nalishidagi fermer xo’jaligi foydalanishidagi jami 107,07 gektar ekin yer maydonlariga to’liq ozuqa ekinlari ekish belgilangan bo’lsada, biroq o’zboshimchalik bilan 3,5 gektar qismiga poliz, 1,42 gektar qismiga dukkakli ekinlar ekilgan, shuningdek, 3,97 gektar qismi sababsiz ekin ekilmasdan, o’z xoliga tashlab qo’yilgan. Bundan ko’rinib turibdiki, chorvachilik maqsadida ajratib berilgan A.Qosimovning oilasiga tegishli bo’lgan bu fermer xo’jaligida ham 8,9 gektar yer maydonidan maqsadsiz foydalanilmoqda. Vaholanki, bu yer maydonlariga chorva hayvonlari uchun ozuqa ekish belgilangan.  

Hozirgi kunda dunyo xamjamiyatini tashvishga solayotgan oziq-ovqat havfsizligini ta'minlash yuzasidan hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan keng ko’lamli ishlarga zid ravishda kun.uz muxbiri E.Ermatov fermer xo’jaligi rahbari A.Qosimov tomonidan o’z manfaatini ko’zlab qilayotgan noqonuniy xatti-xarakatlarini yoqlab, ommaviy axborot vositalarida asossiz chiqishlar qilmoqda.

Shuningdek, maqolada tuman va viloyat ma'muriy sudlari majlisida “Olimboy xoji” fermer xo’jaligi rahbari A.Qosimovning noqonuniy xatti-xarakatlari uchun ma'muriy javobgarlikka tortilib, tuman hokimligiga tuxmat qilganligi to’liq isbotlangan.

Oliy sudga A.Qosimov o’zini jabrlangandek ko’rsatib, unga ko’rilgan ma'muriy jazoni bekor qilishni so’rab murojaat qilishda davom etavergan va uning murojaati Oliy sudda Qo’shtepa tumani hokimligi va mas'ul idoralar vakillarini ogoxlantirishsiz ko’rib chiqilgan va ma'muriy jazo bir tomonlama bekor qilingan. Fermer xo’jaligi rahbarining aybi to’liq isbotlanib turgan bo’lsada tuman xodimlari fermer xo’jaligi rahbari A.Qosimovni yuqoridagilardan to’g’ri xulosa qilib, to’g’ri ish boshlaydi deb imkoniyat berib, tuman hokimligi tomonidan Oliy sudga qayta murojaat qilinmagan. 

Shuni ham alohida ta'kidlash joizki, g’alla halqimizni rizq-ro’zidir va ushbu yuqori unumdor yerlarni asossiz ravishda paxta-g’allachilik yo’nalishidan chiqarishni maqsadga muvofiq emas deb hisoblaymiz.

Hujjatlarga asoslanib biz keltirgan ma'lumotlarda ko’rinib turibdiki, fermer xo’jaligi rahbarining aslida paxta va g’alla uchun unumdorligi yuqori bo’lgan yer maydonini firibgarlik, tuhmatchilik yo’li bilan chorvachilik yeriga aylantirib olish uchun qilgan harakatlari, xolos.

kun.uz muxbiri esa masalaga bir tomonlama va g’arazli niyatda qarab, og’zaki ma'lumotlarga ko’ra yozilgan yolg’on ma'lumot bilan Davlat hokimiyati organlariga ishonchsizlikni orttirayotganligi, bu esa jamiyat, Davlat taraqqiyotiga jiddiy zarar yetkazishini bildirib, maqoladagi barcha asossiz tanqidiy fikrlarga raddiya bildiramiz.      

Qo’shtepa tumani hokimligi axborot xizmati.