Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANIDA KO’CHMA SAVDO DO’KONLARI FAOLIYAT OLIB BORMOQDA

×

 2020-04-07 13:50:36    104

PDF yuklash
Chop etish


Karantin sharoitida aholiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berilishini ta'minlash maqsadida Qo’shtepa tumani hokimligi, sektor rahbarlari va tegishli tashkilotlar hamkorligida tumanning chekka hududlari uchun 14 ta avtomobildan iborat ko’chma savdo do’konlari tashkil qilindi.

Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida tuman “Dehqon bozori” MCHJ qoshida 37 ta turg’un hamda 14 ta ko’chma savdo do’koni tashkil etildi. Tumanimiz aholisi ushbu do’konlardan turli hil oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini arzon narxlarda xarid qilish imkoniga ega bo’ldilar. Avtomobillarda tashkil qilingan kunlik ko’chma savdo do’konlari esa chekka hududlarda yashovchilarga qulaylik yaratish bilan birga bozorlar va savdo markazlarida fuqarolarning gavjum bo’lishini oldini oladi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati