Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NARX - NAVO HOKIM NAZORATIDA

×

 2020-04-06 14:19:30    150

PDF yuklash
Chop etish



Barcha joylarda bo’lgani kabi Qo’shtepa tumanida ham kuchaytirilgan karantin davrida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta'minlash bilan bir qatorda hududlardagi oziq-ovqat savdo do’konlarida narx-navo barqarorligini saqlash, ularning sun'iy o’sishiga yo’l qo’ymaslik doimiy diqqat-e'tiborda bo’lib turibdi.

Tuman hokimi I. Novikov kuni kecha G’ishtmon va Istiqlol mahalla fuqarolar yig’inlarida bo’lib, mas'ul idora rahbarlari bilan birga  oziq-ovqat mahsulotlari do’konlaridagi narx-navo bilan tanishib, sotuvchilar bilan yaqindan suhbat o’tkazdi.

       Karantin davrida tumandagi oziq-ovqat do’konlarida odamlarning birlamchi ehtiyoji uchun zarur bo’ladigan mahsulotlarning yetarli darajada ta'minlanganligi va narx-navoning asossiz oshib ketishiga yo’l qo’ymaslik holatlari o’rganib chiqildi. Jumladan, dorixonalardagi tibbiy niqoblarning yetarli darajada mavjudligi ham o’rganildi.

Karantin davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash va narxni barqaror ushlab turish tuman hokimligi tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati