Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NARX - NAVO BARQARORLIGI NAZORATDA

×

 2020-04-02 09:53:14    96

PDF yuklash
Chop etish


Koronavirus sabab yurtimizda karantin e'lon qilinib, mamlakat aholisi oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa zarur xaridlar uchun o’zini savdo nuqtalariga urdi. Oramizda narx-navo oshar ekan deb, vahimaga tushganlar ham paydo bo’ldi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 mart kuni mahalla va oila masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishining boshida koronavirus muammosiga  ham to’xtalib o’tdi. Prezident vaziyat to’liq nazorat ostida ekanini alohida ta'kidlab, xalqimizga murojaat qildi.

- Mamlakatimizda yetarli darajada zaxira mavjud, xavotir yoki vahimaga tushishga hech qanday asos yo’q. Ammo ko’pga kelgan bu baloga qarshi hammamiz birgalikda, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishimiz lozim, - dedi Prezidentimiz.

Shunday bo’lsa-da, bugungi kunda aholi o’rtasida oziq-ovqat bilan bog’liq tasdiqlanmagan xabarlar tarqalmoqda. Bozorlarimizda esa, ba'zi bir “olg’ir” sotuvchilar tomonidan shunday tashvishli kunlarda vaziyatdan foydalanib, mo’may pul ishlab topishni maqsad qilgan sotuvchilar ham uchrab turibdi.

Mana shunday salbiy holatlarning oldini olish maqsadida mas'ullar tomonidan nafaqat Qo’shtepa tumanidagi markaziy dehqon bozorida, balki hududlardagi oziq-ovqat do’konlarida ham sotuvchilar bilan tushuntirish ishlari muntazam olib borilmoqda.

Xususan, kuni kecha, tuman hokimi, 1-sektor rahbari I. Novikov sektor hududidagi Qiyqi, Namuna, Yo’ldoshobod, Oqtepa, Nurafshon, Qayrag’och, Qumtepa mahalla fuqarolar yig’inlarida bo’lib, mas'ul idora rahbarlari bilan birga  oziq-ovqat mahsulotlari do’konlaridagi narx-navo bilan tanishib, sotuvchilar bilan yaqindan suhbat o’tkazdilar.

Karantin davrida tumandagi oziq-ovqat do’konlarida odamlarning birlamchi ehtiyoji uchun zarur bo’ladigan mahsulotlarning yetarli darajada ta'minlanganligi va narx-navoning asossiz oshib ketishiga yo’l qo’ymaslik holatlari o’rganib chiqildi. Jumladan, dorixonalardagi tibbiy niqoblarning yetarli darajada mavjudligi ham o’rganildi.

Bugungi kunda tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, IIB va Davlat soliq inpeksiyasi bilan hamkorlikda aholining asosiy iste'mol mahsulotlari bo’lgan go’sht, kartoshka, sabzi, piyozning tuman bozorida va savdo do’konlarida o’z narxida sotilishi bo’yicha nazorat tadbirlari o’tkazib kelinmoqda. Narx-navolar xaridorlar talabidan kelib chiqib shakllantirilmoqda, asossiz o’sishning, sifatsiz va qalbaki mahsulotlar sotilishining oldini olish choralari ko’rilyapti.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati