Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMINING TASHABBUSI BILAN EHTIYOJMANDLARGA 300 KILOGRAMM GO’SHT TARQATILDI

×

 2020-03-31 16:13:58    118

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashish, uning talafotlarini kamaytirish maqsadida hukumatimiz tomonidan shu yilning 16 martidan e'tiboran butun mamlakatimiz bo’ylab karantin e'lon qilindi. Albatta bu jarayonda oramizdagi ayrim odamlar davlat va jamiyatning mehr-e'tibori va ko’magiga ehtiyoj sezadilar. Bugungi sinovli kunlarda Qo’shtepa tumani hokimi I. Novikov tumandagi mehr-e'tiborga muhtoj oilalar bilan uchrashib, ularning holidan xabar olmoqda. Uning tashabbusi bilan tumandagi mehr-muruvvatning etagidan tutgan tadbirkorlar shu kungacha fuqarolarga 300 kilogramm qo’y go’shti tarqatdilar.

Ushbu hayrli ishga tuman hokimi o’rinbosari - mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Zoxidjon Komilov mas'ul etib tayinlandi. Xomiylar tomonidan yetkazib berilgan 300 kilogramm go’sht, rasamadi bilan tumandagi 51 ta mahalla fuqarolar yig’inlarida yashovchi ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ulashildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati